Miskevich Adam

Miskevich Adam (1798.24.12, No- vo-grudka yaqinidagi Zaose qishlog’i — 1855.26.11, Istanbul) — polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen unti- ni tugatgan (1819), polyak yoshlarining «Filomatlar» («fan do’stlari»), «Fi- laretlar» («yaxshilik do’stlari») tashki- lotlarida faol ishtirok etgan. M.ning ilk to’plami («she’riyat», 1-j., 1822) Polsha adabiyotida romantik oqimning manifesti bo’ldi. M. «She’riyat» (2-j., 1823)ga kirgan romantik ruxdagi «Gra- Jina» liro-epik dostoni b-n Polshada «she’riy qissa» janriga asos soldi. «Filaretlar» tashkiloti ishi bo’yicha qamalgan (1823) M.ni chor ma’murlari Litvadan chiqarib yuborgan; Rossiyada yashab, A. S. Pushkin b-n yaqin aloqada bo’lgan (1824-29). Bu yillar uning g’oyaviy va ijodiy o’sishida mu-him davr bo’ldi («Qrim sonetlari», 1826; «Konrad Vallenrod», 1828 va b.). M. 1830 y.dan Parijda yashadi. «Dzyadlar» dramatik do- stonining 3qismi (1832)ni va milliy mustaqillik uchun kurash ruhi b-n sugo — rilgan 12 qo’shiqdan iborat «Pan tade- ush» dostoni (1834)ni nashr ettirdi. Re- alistik g’oyalar, intilishlar yorqin namo- yon bo’lgan «Pan Tadeush» dostoni milliy epopeyadir, u personajlari yuksak dara- jada tipiklashgan va individuallashgan Durdona asar, eski polyak tur-mushining qomusi, serjilo so’z san’-ati sanaladi. M. lirik she’rlar turkumini (1838-39) yaratgan. Ijtimoiy va madaniy xayotda faol ish olib borgan: 1840-44 y.larda Parijda slavyanlar adabiyotidan Ma’ru- zalar o’qigan. 1848 i. Avstriya zulmiga qarshi kurashayotgan italiyaliklarga yor- dam berish uchun polyak legionini tuzgan. 1849 y.dan demokratik ruxdagi «Xalq minbari» gaz.da muharrirlik qilgan. M. she’rlari M. Shayxzoda, Shuhrat, Muhammad Ali, sayyor va b. tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan.