Mitalar

Mitalar — omborlarda, xonadon- larda va b. joylarda saqlanayotgan q.x. mahsulotlari — galla donlari, yorma, un, qoqilar va b.ni zararlaydigan har xil hasharotlar va kanalarning umumiy nomi. M. sirasiga un kanasi, om-bor filchasi, sholi filchasi, Jan. om-bor kapalagi, Surinam donxo’ri, kichik un qo’ng’izi, kat- ta un qo’ng’izi, juda kup turdagi kuyalar va b. kiradi. Ombor zararkunandalari xalq xo’jaligiga juda katta iqtisodiy zarar etkazadi, ular saqlanayotgan q.x. mahsulotlarinigina emas, oziq-ovqat, kiyim-kechaklarning ham sifatini buza- Di. O’rta Osiyoda hasharotlar va kana (M.) larning 100 dan ortiq, xususan, kana- larning 51, qo’ng’izlarning 41, tangaqa- notlilar yoki kapalaklarning 15 turi mavjud (q. Ombor zararkunandalari).