Mnemosxema
Mnemosxema — boshqariladigan ob’ektning boshqarish pulti, shchi- ti, paneli yoki signal tablosiga o’rnatiladigan shartli tasviri. M. ob’- ektning holatini yoki i.ch. jarayonining borishini yaqqol ko’rsatib turadi. Isho- rali (belgili) va yorug’likli xillarga bo’linadi. Boshqariladigan (yoki nazorat qilinadigan) ob’ekt elementlari umu — miy qabul qilingan elektr, texnologik, transport va b. sxemalarda tasvirlana- Di. Mac, elektr st-ya M. sida dvigatel va generatorlar doyra b-n, viklyuchatellar kvadrat b-n belgilanadi. Kuchlanishning qandayligiga qarab, bu elementlar turli rangga bo’yab qo’yiladi. M.ning operator- lik va dispetcherlik xillari bor. Ope- ratorlik M.sida barcha texnologik kom- plekslar bir joyga jamlangan bo’ladi, dispetcherlik M.sida esa ko’p ob’ektlar va texnik komplekslardan iborat tizim butun territoriya bo’ylab taqsimlanadi. M. boshqariladigan ob’ekt murak- kab bo’lgan, i.ch. jarayoni ko’p paramet- rlar bo’yicha nazorat qilinadigan va b. joylarda ishlatiladi. M.dan texnika ko’rgazmalarida namoyish qilinadigan modellar va o’quv qo’llanmasi sifatida ham foydalaniladi.