MODDIY XARAJATLAR

MODDIY XARAJATLAR — xomashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo’shilgan qiymat solig’isiz), ta’minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan ustamalar, komission mukofotlar, boj to’lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va yetkazib berish haqlarining yig’indisidan tashkil topadi.