MODERNIZM
MODERNIZM (siyosiy modernizim) — siyosatshunoslikda alohida ahamiyatga ega bo’lgan maktab. Ushbu maktabning tarafdorlari (K.Rayt, M.Kaplan, K.Doich, D.Singer, E.Xaas) realizm nazariyachilarining an‘anaviy qarashlariga zid ravishda xalqaro munosabatlar modellarini fan-texnika revolyutsiyasi natijalari bilan bog’lab olib borish kerakligini ta‘kidlab o’tadilar. Ular xalqaro munosabatlarni ijtimoiy voqelik sifatida tahlil qilib, ularda qatnashayotgan tomonlarni rasmiy vazifa – funksiyalarni bajarayotganliklarini ko’rsatib o’tadilar.