Mofop zamburug’lar

Mofop zamburug’lar — oziq- ovqat mahsulotlari, mevalar, o’simlik qoldiqlari, charm va b. narsalar, ba’- zan tirik o’simliklarda o’ziga xos g’ubor (mog’or) hosil qiladigan zamburug’lar guruhi. Turli sistematik guruhlarga mansub bo’lgan fikomisetlar, askomi- tsetlar va shakllanmagan zamburug’lardan iborat. Ko’p M. z. sabzavot, meva va donga katga zarar etkazadi. Ba’zilari foydali, mas, bir turi antibiotik — penicillin hosil qiladi, ikkita boshqa turi sir (pishloq)ning ayrim xillarini i.ch.da, aspergill limon kislota olishda ishla- tiladi.