Mogar
Mogar (Setaria italica convar moharia), Italiya tarig’i — boshokdoshlar oilasiga mansub o’tsimon bir yillik o’simlik; em-xashak va don ekini. Vatani — Sharqiy Osiyo. Mil. AV. 2700 yil oldin ma’lum bo’lgan. Mongoliya, Xitoy, Ita- liya, Ruminiya, Vengriyada keng tarqalgan. O’rta Osiyoda ekiladigan qo’noqning bir tur xili. Ildizi yaxshi rivojlangan po- puk ildiz, tuproqqa 1 m kirib boradi. Po-yasi ingichka, ichi kovak, bal. 50-150 sm. Bargi oddiy, uz. 20-50 sm, eni 1 — 3 sm, gulto’plami boshoqsimon ro’vak. Doni yaltiroq, silliq, sariq, jigarrang gul qobiqlari b-n qoplangan. 1000 ta doni vazni 1,5—3,0 g. O’suv davrining boshida sekin, nay o’rashdan ro’vaklanish davrigacha tez o’sadi. M. issiqsevar o’simlik, urug’i 8— 10° da unib chiqadi, maysasi — 2-3° sovuqda nobud bo’ladi. Qurg’oqchilikka chidamli. M.ning 100 kg ko’katida 17 ozuqa birligi va 1,8 kg hazm bo’ladigan Pro- tein, 100 kg pichanida 55 ozuqa birligi va 5,5 kg protein bo’ladi. Doni oziq- ovqat mahsuloti, qush — Mogar. lar uchun to’yimli ozuqa. M. kuzgi g’alla, dukkak- li va qator orasiga ishlov beriladigan ekinlardan bo’shagan erlarga ekiladi. Ko’k poyasi uchun sug’oriladigan sharoitda gektariga 18-20 kg, lalmi erlarga 12— 15 kg urug’ekiladi. Ekish chuq. 2-3 sm. O’suv davrida qator orasiga ishlov beri- ladi, sug’oriladi. Ko’kat va pichan uchun ro’vaklanish davrida o’riladi. Kech o’rilsa poyasi dag’allashadi. Hosildorligi ko’kati bo’yicha 100-250 ts/ga, pichani — 40-50, doni — 15-20 ts/ga ni tashkil qiladi. Kasalliklari : kuya, zang, bakteri- oz. Zararkunandalari: tariq chivini, simqurt, poya burgasi. Halima Otaboeva.