Mo’g’ul tillari

Mo’g’ul tillari — mo’g’ul xalqlari tillari guruhi. Umumiy so’zlashuvchilar soni taxminan 7 million kishidan iborat. Ushbu tillar guruhini Oltoy tillarini qo’shish mumkinligi haqida farazlar ham bor. Mo’g’ul tillari qachonlardir (16-17-asrlargacha) yagona til bo’lgan mo’g’ul tili lahjalarining rivojlanishi natijasidir. Ular quyidagicha tasniflanadi: asosiy Mo’g’ul tillari — hozirgi mongol tili, buryat tili, qalmoh tili; marginal (chekka) Mo’g’ul tillari — Afg’onistondagi mog’ol, Xitoyning shimoli-sharqidagi dag’ur, gansu va Tsinxay viloyatlaridagi mong’or, dunsyan, Baoan tillari. Asosiy Mo’g’ul tillari uchun 13-asrdan 20-asr boshlarigacha (qalmoqtili uchun — 17-asr o’rtasigacha) yagona qadimgi yozuvli mo’g’ul tili qo’llanib kelgan. Marginal Mo’g’ul tillariga eroniy til va lahjalar, Xitoy va Tibet tillari kuchli ta’sir ko’rsatgan. Asosiy Mo’g’ul tillari fonologik jihatdan singarmonizmga asoslangan, Grammatik qurilishiga ko’ra esa suffiksal-agglyutinativ til hisoblanadi.