Mohtobi

Mohtobi — ertapishar o’rik navi. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tining Samarqand filialida chiqarilgan. Da- raxti bo’yi va shoxlanishi o’rtacha. Mart oxiri — apr. boshlarida gullaydi. Ar- zami va Ko’rsodiq navlari b-n yaxshi Chan- glanadi. Iyunning oxirlarida pishadi. Mevasi vazni 30-40 g. Meva choki se- zilmaydi. Po’sti yaltiroq, yupqa, tusi sarg’ish, meva yuzasida pushti nuqtalar uchraydi. Etining rangi och sariq, shi- rali, sersuv, xushbo’y, bir oz nordonroq. Qurg’oqchilikka chidamli. Ko’chati ekilgach, 7-8-yili hosilga kiradi, 15-16 yoshida yaxshi hosil beradi. Bir tupidan 150 kg hosil olinadi. Mevalari barobar pish- maydi. Yangiligida iste’mol qilinadi, povidlo yoki jem tayyorlanadi. Zarafshon vodiysida ko’p ekiladi.