Molbert

Molbert (nem. Malbrett so’zidan) — rassomlik san’atida qo’llaniladigan dastgoh. Rassom asar ishlash jarayoni- da kartina, raem va h.k.ni o’rnatadigan moslama, taglik; odatda, yog’ochdan tayyor- lanadi. Uch oyokdi va vertikal tik ustun- lari gorizontal asosga mustahkamlangan turlari bor. Ko’proq M.ning oddiy, en- gil va ixcham shakllaridan foydalani- ladi; rassomlik ustaxonalarida, shu- ningdek, yirik asarlarni ishlash uchun turli balandlik, zarur burchaklarga qiya qilib ishlash imkonini beradigan, bir vaqtning o’zida ikkita polotno o’rnatish mumkin bo’lgan og’ir, ko’chmas, metall, za- monaviy (plastik) xom ashyolardan tayyor- langan M.lardan foydalaniladi. Og’ir bo’lishiga qaramay ish jarayonida ba’zi moslamalar (mas, g’ildirak) tufayli uni siljitish engil va kulay. M. O’zbekiston Ba ustaxonalarida, qisman, «Fayz xol- ding» kompaniyasida ishlab chikariladi.