Moldaviya

Moldaviya, Moldova Respublika- si (Republika Moldova) — Evropaning Jan.-Sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 33,7 ming km2. Aholisi 4,432 mln. Kishi (2001). Poytaxti — Kishinyov sh. Ma’mu- riy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — respublika. 1994 y. 29 iyulda kabul etilgan Konsti- tusiya amal qiladi. Davlat boshlig’i — parlament tomonidan saylanadigan Pre- zident (2000 y.dan V. Voronin). Qonun chiqaruvchi oliy organi — bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi — hukumat (Vazirlar kengashi). Tabiati. M. Sharqiy Evropa tekis- ligining Jan.-g’arbiy qismida joylash- gan. Er yuzasi o’rqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning o’ng sohilini Dnestr bo’yi qirlari (bal. 250-300 m, eng baland joyi 347 m) egal- lagan. Shim. Moldaviya tekisligi (250— 300 m), Jan. Moldaviya tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shag’al, shu- ningdek, neft va gaz konlari topilgan. Iqlimi — mo»tadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yog’adi, yozi uzoq va iliq. Iyulning o’rtacha t-rasi — shim.da 19,5° va Jan.da 22°; eng yuqori t-ra 41°; yanv.ning o’rtacha t-rasi shim. da — 5° va Jan.da — 3°; eng past t-ra -36°. Yiliga shim.da 560 mm, Jan.- g’arbda 370 mm, qirlarda 500-560 mm, tekisliklarda 400-450 mm yog’in yog’adi. Daryolari qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari — Dnestr (irmoklari — Reut, Bik, botna), Prut (irmoklari — Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sa- RATA). Tuproqlari — asosan, qoratuproq (75%), qo’ng’ir va kulrang o’rmon tuprog’i (10%); dare qayirlarida — allyuvial- o’tloqi tuproqlar. Hududining aksari- yati dasht va o’rmon dasht mintaqasida joylashgan bo’lib, ko’p qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan o’rmonlarda dub, shum- tol, grab, qora qayin, jo’ka o’sadi. Chalov, betaga kabi dasht o’simliklari kamay- ib ketgan. Hayvonlardan o’rmonda elik, to’ng’iz, bo’ri, tulki, bo’rsiq, Olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (so’fito’rg’ay, mayna, qora- shaqshaq, qarchig’ay, boyqush, bedana va b.) uchraydi. «Kodru», «Gredina Turchaske», «Yagorlik», «Playul Faguluy», «Prudil de Jos» kabi qo’riqxonalar tashkil etil- gan. Aholisining 65% moldavanlar; Ukra- inlar, ruslar, ruminlar, gagauz va bol- garlar ham bor. Davlat tili — Moldavan tili. Ko’pchilik aholi (95%) xristian dinining pravoslavie oqimiga mansub. Shahar aholisi 47%. Yirik shaharlari: Kishinyov, Tiraspol, Bels, Tiginya. Tarixi. Hozirgi M. hududidagi Brin- zeni, Rashkov, Chutuleshti va b. joylardan topilgan ko’xna manzilgohlarning dalo- lat berishicha, bu erda aholi paleolit davridayoq o’troklashgan. Neolit davri- ning manzilgohlaridan bug-Dnestr ma- daniyati yodgorliklari topilgan (mil. AV. 6-5 ming yilliklar). Bu davrda odam- lar urug’chilik jamiyatiga birlashib, ovchilik, dehqonchilik, baliqovlash b-n shug’ullangan. Mil. AV. 4ming yillikda hukmronlik qilgan Tripoli madaniyati davrida ko’pgina manzilgoqlar (Varva- rovka, karaku-Shan, Kuban) barpo etil-gan, kulolchilik rivojlangan. Mil. AV. 1ming yillikdan mil. 1ming yillikkacha M. qududida daklarning qabilaviy birlashmalari va davlatla- ri mavjud bo’lgan. Mil. 2-a. boshlarida rimliklar Dakiyani bosib oldi va uni asta-sekin Rimning viloyatiga aylantir- Di. Lotin tili yoyilib, u Sharkiy roman, shuningdek, moldavan tillariga asos bo’ldi. 2-4-a.larda bu erda sarmatlar, skiflar, hunnlar, gotlar yashaganligi taxmin qilinadi. 10-12-a. boshlarida M. ning bir qismi qad. Rus davlati ta’sir doirasiga, so’ng Galisiya va ga- lisiyavolin knyazligi tarkibiga kir- gan. Lekin 12-a.da ko’chmanchi bijanaq va qipchoklarning hujumidan keyin sla- vyanlar deyarli barxam topdi. 13-14-a. larda M. hududi mo’g’ullar qo’l ostiga o’tdi. Bosqinchilar vengerlar tomoni- dan haydab yuborilgandan keyin M. er- lari Vengriya qaramog’iga o’tdi, 1359 y. ozodlik kurashi natijasida mustaqil M. knyazligi (poytaxti yassi sh.) vo’judga keldi. 14-a. 2-yarmida Karpat b-n Dnestr oralig’idagi erlar unga qarashli bo’ldi. Shu davrda valaxlar va Sharqiy slavyanlar b-n aloqa rivojlanib, natijada molda- van elati shakllandi. 16-18-a.larda M. Usmoniylar imperiyasi xukmronligida bo’ldi va 300 y. mobaynida o’lpon to’lab turdi. Avvaliga Tira, Benderi, Kiliya, 18-a.da xotin M.dan ajratib olindi va ularga turk garnizonlari joylashtiril- Di. Chet el bosqinchilariga qarshi mil- liy ozodlik kurashi turli shakllarda olib borildi. 18-a. 2-yarmi va 19-a. bosh- laridagi Rossiya-Turkiya urushlari na- tijasida M. ozod etildi. Ammo Evropa davlatlarining o’zaro raqobati tufayli M. yana Turkiyaga qaytarib berildi. 1775 y. M. knyazligining shim. qismi Avstri- yaga, 1791 y. Yassi sulh shartnomasiga bi- noan, Dnestrning so’l sohili Rossiyaga, yana bir qismi keyinchalik Rech Pospo- litaga qo’shib olindi. 1812 y. Buxarest sulh shartnomasiga ko’ra, M. knyazligi- ning Prut va Dnestr oralig’idagi erla- ri Rossiyaga o’tdi va Bessarabiya viloyati nomini oldi. Kishinyov sh. uning ma’- muriy markazi bo’lib qoldi. Bessara- biya Rossiyaning agrar o’lkasi sifatida rivojlana boshladi. 1917 y. Rossiyadagi Fev. inqilobidan keyin bu erda ham qo’sh hokimiyatchilik vujudga keldi. 1917 y. noyab.dek.da ayrim shahar va qishloklarda hokimiyat sho’rolar qo’liga o’tdi. Vako- latli hokimiyat organi — «Sfatul Tse- riy» («o’lka kengashi») 1917 y. 2 dek. da M.ni demokratik respublika deb e’lon qildi. 1918 y. 24 yanv.da o’zining Rossi- yadan mustaqil ekanini bildirdi. 1918 y. 27 martda M. Demokratik Respubli- kam (Bessarabiya)ni Ruminiyaga qo’shishga qaror qildi. 1918-19 y.larda M. so’l sohil tumanlarida Avstriya-Germaniya, Antanta qo’shinlari hukmronlik qildi. 1920 y. Fev.da bu erda sho’ro hokimiyati o’rnatildi. 1924 y. 12 okt.da Ukraina tarkibida M. Muxtor sho’ro Respublikasi tuzildi. 1939 y.gi Ribbentrop-Molotov paktining qo’shimcha maxfiy bayonnomasi asosida Sovet itti-foqi 1940 y. 26 va 27 iyunda Ruminiyadan Bessarabiya va shim. Bukovinani darhol SSSR ga topshirish- ni talab qildi. 1940 y. 2 avg.da M. Sho’ro Respublikasi tuzildi. 2-jahon urushi yillarida M. jang maydoniga aylandi va 1944 y. avg.da bosqinchilardan ozod qilindi. Shundan keyin M.ning salkam yarim asrlik tarixi SSSR b-n bog’liq bo’ldi. 1987-89 y.lardagi qayta qurish davrida milliy tiklanish qarakati boshlandi. 1990 y. 23 iyunda M. Respu- blikasi suvereniteta e’lon qilindi. 1991 y. 27 avg.da M. Respublikasining mustaqilligi to’g’risida Deklarasiya qabul etildi. Biroq mustaqillikning dastlabki yillarida ayirmachilik harakati yuzaga kelib, bu narsa mam- lakatda ichki qurolli mojaroga sabab bo’ldi. Keyingi paytda nizoni bartaraf etish uchun muzokara olib borilayotir. M. — 1992 y.dan BMT a’zosi, shuning- dek, MDX tarkibiga kiradi. O’zR suvere- nitetini 1994 y. 23 avg.da tan olgan va shu kuniyoq diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 27 avg. — Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyalari. Agrardemokra- tik partiya, kommunistlar partiyasi, so- tsialistik partiya, Xristiandemokratik xalq partiyasi, tiklanish va inoklik partiyasi. Xo’jaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 38%, q.x.ning ulushi 42%, qurilish, transport va aloqaning ulushi 11%. Sanoati’. Oziq-ovqat sanoatida me- vasabzavot konservalari tayyorlash, VI- nochilik, qand-shakar, yog’moy i.ch. asosiy tarmoqlardir. Og’ir sanoat maj-muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metal- lurgiya sanoati etakchi o’rinda. Engil sanoat (tikuvchilik, to’qimachilik va b.) tarmoqlari x.am mavjud. Konserva sa- noatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100 xildan ko’proq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sa- noati mamlakatning shim.da joylash- gan. Tamaki-fermentasiya, parfyume- riya, farmasevtika va qandolatchilik, shuningdek, go’sht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxo- nalari avtomatlashtirish vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziq- ovqat sanoati uchun texnologiya usku- nalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, q.x. mashina-mexanizmlari, nasoslar, o’zgaruvchan tok elektr dvigatellari, so- vitkichlar, kir yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ish- lab chiqaradi. Sun’iy teri, rezinatexni- ka buyumlari, lok-bo’yoq, kimyo, biokimyo, binokorlik ashyolari, o’rmon va yogochsoz- lik, poligrafiya korxonalari bor. Yili- ga o’rtacha 15,7 mlrd. kVtsoat elektr ener- giyasi hosil qilinadi. Qishloq xo’jal igida tokchilik va bog’dorchilik etakchi o’rinda. Uzumning xo’raki va vinobop turlari etishtiri- ladi. M. Jan. va shim.da .kungaboqar ekiladi. Tamaki esa shim. va Markaziy tumanlarda o’stiriladi. G’allachilikning makkajo’xori hamda bug’doy etishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va rezavor meva etishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, parranda boqiladi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, xo’jalikda bozor iqtisodiyoti shakllari- ni joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari xususiylashtirila boshladi, xususiy, qo’shma korxonalar barpo etildi. Q.x.da dehqon (fermer) xo’jaliklari tuzish uchun erlarni xusu- siy mulk qilib berishga kirishildi. Trans porti. T.y. uzunligi -1,1 ming km, avtomobil yo’llari — 10,2 ming km. Dnestrda kema qatnaydi. Kishinyovda xalqaro aeroport bor. Sog’liqni saqlash. 2001 y. M.da 12,8 ming vrach, 545 tibbiyot muassasasi, 25 mingo’rinli kasalxonalar ishladi. Che- mal tog’iqlimiy kurorti, bolalar sana- toriylari bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 2001/2002 o’quv Yi- lida 1577 maktab, gimnaziya, liseylar- da 618,4 ming o’quvchi ta’lim oldi, 42,5 ming o’qituvchi ishladi. 82 o’rta hunar ta’lim tizimida 23 ming, 67 kollejda 17 ming bola o’qidi. 47 oliy o’quv yur- tida 86,4 ming talaba ta’lim oldi, shu jumladan, davlatga qarashli bo’lmagan 31 in-tda 22,9 ming talaba o’qidi. 2001 y. M.da doktoranturaga ega bo’lgan 45 i.t. muassasasi ishladi. Res-publikada i.t.larni muvofiqlashtiruvchi M. Fan- lar akademiyasi faoliyat ko’rsatadi. Milliy tabiat va etn. muzeyi, Tarix, Arxeologiya, Etn., Tasviriy san’at, Xalq hunarmandchiligi, Gagauz tarix-etn. mu- zeylari bor. Hammasi bo’lib 71 ta muzey, 1,4 ming kutubxona, 1,2 ming klub muas- sasasi mavjud. Matbuoti, radio-eshittirishi va te- lekursa guvi. M.da 2001 y. 1,7 ming nom- dagi kitob va risola 0,8 mln. nusxada, gaz.lar 1,2 mln., jur. va b. davriy nash- rlar 3,4 mln. nusxada nashr etildi. M.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: «mol- dova suverane» («suveren Moldaviya»), «Nezavisimaya Moldova» («Mustaqil Moldaviya»), «Tsara» («Vatan»). «Mold- press» axborot agentligi ishlaydi. 1930 y.dan radioeshittirish, 1958 y.dan teleko’rsatuv olib boriladi. Adabiyoti. Dastlabki yozma Yodgor- liklar boy xalq og’zaki ijodi (ertak, qahramonlik eposlari, afsona, qo’shiq, balladalar) asosida 9-10-a.larda yara- tilgan. Cherkov-slavyan (o’rta bolgar) ti- lidagi birinchi moldavan kitobi «ka- zaniya» (Injilning izohi) 1643 y.da nashr etildi. 17-a.da yilnomalar, 18-a. da D. Kantemir (1673— 1723) tomonidan badiiytarixiy asarlar yaratildi. 19-a. ning 2-yarmida y. Kryange (1837-1889) va M. Eminesku (1850-1889) ijodi re- alistik Nasr va she’riyat rivojida katta rol o’ynadi. 20-a. boshlarida A. Matee- VICh, T. Roman o’z she’rlari b-n adabiyotga kirib keldi. 2-jahon urushigacha ijod qilganlar orasida D. Milev, L. Barskiy, N. Markov, L. Kornyaku, M. Andriesku va b. yozuvchilarni ko’rsatish mumkin. Urush davrida E. Bukov, B. Istru, A. Lupan, T. Menkj kabi adiblar bosqinchilarga qarshi kurashga bag’ishlangan asarlar yozishdi. 50-y.larda poeziya etakchi janr bo’lgan bo’lsa (E. Bu-kovning «Andriesh», «Mening mamlakatim», A. Lupanning «Yuzma-yuz», L. Delyanuning «mangu yosh- lik», F. Po-nomarning «Do’stlik» do- stonlari va she’riy to’plamlari), keyin- gi yillarda salmokli nasriy asarlari yaratildi (E. Damian, V. Vasilake, R. Lun- gu, L. Damian, G. Vieru, P. Bosu, E. Lotya- nu va b.ning roman hamda qissalari). An- drey Lupan, Samson Shlyaxu, Emelyan bu- kov va b. larning ayrim asarlari, molda- van yozuvchilarining «hajviy hikoyalar» to’plami o’zbek tilida nashr etilgan. Me’morligi. M. hududidan mil. AV. 3-2-ming yilliklarga oid madaniyat yodgorliklari topilgan. 10— 11-a.lar- da yog’och, tosh va loydan imorat hamda inshootlar qurilgan shaharlar paydo bo’ldi. 14-a. o’rtalaridan me’morlik ri- vojlana boshladi, shahar atroflari tosh devor b-n o’rab olindi. 16-a.dan Mino- rali va ravokli qal’alar qurildi. Sa- xarna, Jabkadagi g’ormonastirlarning qoldiqlari saqlangan. 18-a.da shaharlar tez rivoj topdi, mahalliy me’morlar loyihasi asosida go’zal va g’aroyib ibo- datxona binolari qurilishi avj oldi. An’anaviy shahar va qishloq uylari yog’och va toshdan, jamoat binolari zamo- naviy konstruk-tsiyalardan barpo etila boshladi. 19-a. oxiri va 20-a. boshla- rida M.ning Rossiyaga qo’shib olingan qismida klassisizm uslubi, Ruminiyaga karam qismida modern uslubi ustunlik qildi. 20-a. 2-yarmida qurilgan bino va in-shootlarda milliy me’morlik an’a- nalaridan foydalanildi (Kishinyovning Mirva Velskiy ko’chasidagi turar joy- lar, «Inturist» mehmonxonasi va b.). Tasviriy san’ati. M. hududida mil. AV. 2—1ming yilliklarga mansub me- Tall taqinchoklar, mil. 1ming yillik- ka doyr qurollar, sopol, jez, ku-mush, oltin idish va buyumlar topilgan. Ular zargarlik va metallni badiiy ishlash rivojlanganidan darak beradi. 13-14- a.larda xalq amaliy san’atida Vizantiya va musulmon Sharqining ta’siri kuch- li bo’lgan. 14— 17-a.larda zardo’zlik, 18-19-a.larda gilamchilik yuksaldi. 19-a.dan boshlab dunyoviy tasviriy san’- at, ayniqsa, portret rassomligi rivoj topdi, rassomlik o’quv yurtlari ochildi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida hayotiy manzaralar, turli janrlardagi rasm- lar, psixologik portretlar yaratildi (V. Okushko, E. Maleshevskaya va b.). 20-a. 2-yarmida rangtasvirchilardan M. Gam- burd, V. Russu-Chobanu, portretchilardan K. Kitayka, I. Bogdesko, G. Sainchuk, haykaltaroshlardan K. Kobize-va, B. Mar- chenko kabilar tasviriy san’at rivojiga hissa qo’shdilar. Xalq san’atida tosh o’ymakorligi, gilam to’qish, kashtado’zlik, kulollik, yog’ochsozlik ravnaq topdi. Musiqasi o’ziga xos milliy folklore asosida shakllangan va qo’shni xalqlar badiiy madaniyati b-n hamohang rivoj- langan. Xalq qo’shiqlari, asosan, bir ovozli, ohanglari xilma-xil. Afsonaviy voqeiy qo’shiklarda qahramonlik va ozod — lik g’oyalari aks etgan. Mehnat, marosim, muhabbat, hazil, davra qo’shiklari bor. Eng ko’p tarqalgan xalq musiqasi doy- na deb ataladi. Jok, moldovenyaska deb atalgan jo’shqin va o’ynoqi xalq raqslari dunyoga tanilgan. Torli cholg’ulardan kobza, tsimbala, tilchali asboblardan D-rimba (vargan), puflab chalinadigan asboblardan flu-er va kaval (nay), chim- Pa, buchum kabilar bor. 19-a.da ilk kom- pozitorlar (g. Muzichesku, K. Mikuli, E. Kaudelli, Ch. Porumbesku) ijod qila boshladilar. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Stircha, G. Nyaga, E. Lazarev, Ch. Tkach, E. Doga, dirijyorlardan T. Gur- tovoy, D. G’oya, A. Samoile, xonandalar- dan T. Cheban, T. Alyoshina, M. Bieshu va b. mashhur. 1955 y. Kishinyovda M. opera va balet teatri ochilgan, davlat filarmo- niyasi (1940) qoshida simfonik orkestr, «Doyna» xor kapellasi, «Jok», «Leutar- lar», «Fluerash» kabi ansambllar fao- liyat ko’rsatadi. O’zbekistonda T. Cheban, M. Bieshu va qator ansambllar gastrolda bo’lgan. Teatr sarchashmalari xalq o’yinlaridan boshlanadi. Kolinde-kola- da deb atalgan qad. xalq marosimlari, xeitul deb atalgan yangi yil kuglovlari va turli-tuman o’yinlarda teatr san’- ati unsurlari bo’lgan. Iroziy (iro- Di) deb atalgan tomo-shalar, polvon, akrobat (Pehlivan, soptar)larning ma- horatlarini namoyish etishlari va gay- duklarning o’ziga xos teatri mashhur bo’lgan. O’rta asrlarda saroy va sayyor truppalari tomosha ko’rsatishgan. 1816 y.da yozuvchi va ma’rifatchi g. Asaka rahbarligida moldavan tilida birinchi spektakl ko’rsatilgan. Professional teatrni barpo etishda V. Aleksandri, K. Negrussi, A. Russo, M. Kogelnichanu va b. dramaturglar katta xizmat qildilar. 20-a.ning 20-y.larida tashkil topgan drama to’garaklari asosida Balta sh.da musiqali drama truppasi (keyinchalik drama studiyasi) tuzildi. Shu studiyani bitirib chiquvchilar 1933 y.da Tiraspol- da tashkil etilgan drama teatri (hoz. M. akademik musiqali teatri)ning o’zagi bo’ldi. Endilikda M.da 14 teatr, shu jumladan, «Luchaferul» teatri, «Liku- Rich» qo’g’ir-choq teatri, Bels musiqali drama teatri, filarmoniya, tsirk va b. ishlab turibdi. Ularda A. Lupan, L. Kornyanu, E. Bukov kabi mahalliy mual- liflarning pesalari b-n bir qatorda jahon mumtoz dramaturgiyasining asar- lari ham sahnalashtirilgan. Teat_r ar- boblari orasida D. Darienko, N. Mas- salskaya, E. Ureke, K. Shtirbu, I. Shkurya- larni ko’rsatish mumkin. Teatrlar uchun kadrlarni Kishinyovdagi g. Muzichesku nomidagi san’at in-ti tayyorlaydi. Ts Kino tarixi 1927 y.dan boshlanadi. O’sha yili birinchi hujjatli film yaratil- Di. 1940 y.dan Kishinyovda ish boshlagan kinovakillik punkti 1952 y.da xronika (voqeiy) filmlar ki-nostudiyasi (1957 y. dan «Moldovafilm»)ga aylantiril- Di. 1955 y. da birinchi moldavan filmi — «Moldaviya taronalari» (rej. A. Zo- lotniskiy) dunyo yuzini ko’rdi. Shundan keyin «Ataman Kodr» (1958), «kuzning so’nggi kuni» (1965, rej. V. Derbenyov), «Qotillikda ayblanadi» (1969, rej. B. Volchek), «Lautari» (1971, rej. E. Lotya- nu), «yoningda erkak bo’lsa» (1978, rej. V. Gajiu) va b. yaratildi. Kino aktyorlari- dan D. Darienko, M. Volontir, K. Tir- tseu, S. Toma, M. Sagaydak, G. Grigoriular mashhur. M.da 100 kinoteatr bor. O’zbekiston — M. munosabatla- ri. Mustaqillik yillarida O’zR b-n M. o’rtasida Do’stlik va hamkorlik to’g’risida, Erkin savdo, ikkiyoklama soliq solishga yo’l qo’ymaslik, xalqaro avtomobil qatnovi, moliyasanoat gu- ruxlari tuzish qoidalari, i.ch. koope- rasiyasi, savdo-iqtisodiy hamkorlik qoidalari to’g’risida shartnomalar tu- zilgan. Ko’p tomonlama hamkorlik masa- lalari bo’yicha O’zbekiston — M. qo’shma komissiyasi ishlab turibdi. Ikki mam- lakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 2000 y.dagi 4,2 mln. AQSh dollaridan 2001 y.da 7,7 mln. dollarga etdi. O’zR da M. sarmoyasi ishtirokidagi 1 korxona ro’yxatga olingan.