Molibdenli po’lat
Molibdenli po’lat — tarkibi- da 0,15—0,55% molibden va 0,1—0,45% uglerod bo’lgan konstruktsion po’lat; Le- girlangan po’latlar jumlasiga kiradi. Molibden po’latning toblanish va mexa- nik xossalarini, yoyiluvchanlik xususiya- tini yaxshilaydi. M. p. korroziyabardosh, issiqbardosh, yuqori t-ralarda oksid- lanmaydi, shu sababli, yuqori t-ralarda ishlaydigan detallar tayyorlashda, mas, qozonsozlik, turbinasozlik, raketasoz- lik va b. da ishlatiladi.