Molik ibn Anas Abu Abdulloh
Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713, Madina — 795) — faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining asoschisi. Bo- dal i kdan liniy ilm oldi, Qur’oni ka- Rimni o’rgandi. Islom huquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga sazo- vor bo’ldi. M. ibn A. biror siyosiy oqimga ergashmasada, hokimiyatning saylab qo’yilishi qoidasini afzal hisoblardi, lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlar- ga qarshi edi. M. ibn A. Muhammad (sav) sahobalari aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, «al-Muvatta'» (om- maviy, barchaga tushunarli ma’nosida) deb atalgan to’plam tuzdi. Muhaddis bu- ning uchun 40 y. umrini sarfladi. Bu ilk hadis to’plamlaridan biri bo’lib, bir necha ming hadisni o’z ichiga olgan. M. ibn A. mudarrislik faoliyati b-n shug’ullangan. Shogirdlari orasida tanikli muhaddis Muhammad Shaybo- niy (805 y.v.e.), shofi’iylik asoschisi Muhammad ibn Idris Shofi’iy (820 y.v.e.) bo’lgan. M. ibn A.ning ijtimo- iysiyosiy qarashlari asosida hokimi- yat xalifa qo’lida bo’lishi, xalifa esa qurayshiylardan saylanishi, alohida va- kolatli shaxslardan tashkil topgan guruh (sho’ro) uni tasdiqlashi kerak, degan fikr yotadi. Umuman u Muhammad (sav) davridagi an’analarni yoqlab chiqqan, ya’ni «Ashob al-hadis» («hadis taraf- dorlari») oqimining yirik namoyandasi bo’lgan. Umrining oxirida zo-hidlikka berilgan va uzlatda yashagan.