Moliya

Moliya — maqsadli pul fondla- rini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar. M. iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga ke- ladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtiril- gan aktivlarning harakati bo’lib, buning natijasida pul fondlari vujudga kela- Di. Maqsadli pul fondlari — bu M. re- surslari yoki M. ob’ektidir. M. sub’ekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ish- latishda ishtirok etuvchilar, ya’ni kor- xonalar (firmalar), turli xo’jaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashki- lotlari va davlat idoralaridan iborat. M. daromad hosil qilish va uni sarf- lashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, ya’ni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon M.si yuzaga keladi. Bu o’rinda birlamchi daromadlar hosil bo’ladi, korxona M. fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, kor- xonalar byudjetga soliq to’laydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (to’lovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Da- romadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari kor- xonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, o’zining maxsus fondlarini hosil etadi. M. pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini ba- jaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jami- yat daromadi bo’lgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida bo’linadi, ular- dan har biri o’z hissasini oladi, o’z daromadiga ega bo’ladi. 2. Rivojlan- tirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot sub’ekt- larining faolligi yuzaga keltirila- Di. Rag’batlantirish M. vositalarini qo’llash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subventsiya ajratish, jarima solish, sanasiya va soliqlarni qo’llash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy rag’batlantirish vosi- tasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imti- yozlar berish soliq to’lovchilarni qo’liga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga unday- Di. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — no- chor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va xar xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudje- tining ijtimoiy himoya uchun Ajratil- gan mablag’lari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim sub’ektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflov- chi axborot (ko’rsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qo’yishga xizmat qiladi. 5. Na- zorat vazifasi — moliyalashtirish yo’sinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni o’rinli yoki o’rinsiz ishlatilishiga qarab moliyalash- tirish ko’paytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman to’xtatiladi. Milliy iqtisodiyotning bo’g’inlariga qarab turli darajada M. amal qiladi. Uning asosiy bo’g’ini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona M. si (buni korporativ M. deb yuritiladi), xo- nadon M.si, jamoat tashkilotlari M.si, sug’urtalash M.si kabilar kiradi. Dav- lat M.si makrodarajadagi M.ni tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya bo’lib, bu tabiatan xalqaro M. munosa- batlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro M. tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi M. o’zining ko’lami b-n ajralib turadi. M. turli darajadagi moliyalashtirish usul- lari jihatidan ham farqlanadi. Korxo- na, sug’urta va xonadon M.si o’zini o’zi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Dav- lat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qo’llaydi. Turli nodav- lat tashkilotlari va jamoat tashkilot- lari qisman o’zini o’zi moliyalashtira- Di. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funktsiyalari moliya tizimi faoliyatida o’z ifodasini topadi. Ahmadjon O’lmasov.