Moliya guruhlari

Moliya guruhlari — bir necha oila yoki guruhlarning Ittifoqi. Iqtisodiy birlashish negizida tash- kil topgan yirik moliyasanoat bir- lashmalari, sanoat, bank, transport, savdo, Su-gurta, xizmat ko’rsatish va b. sohalarning yirik uyushmasi. 19-a. oxi- ri —20-a.ning boshlarida kapitalning kon-tsentrasiyasi hamda markazlashuvi asosida shakllangan. M.g. yirik kapi- Talga ega bo’lgan monopoliyalarning gi- Gant ittifoqidir. M.g. dastlab AQSh da, keyinchalik Angliya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya va b. davlatlarda tashkil topdi. Bunday guruhlarga Rokfellerlar, mor- ganlar, Dyuponlar, Mellonlar, Jiani- ni kabilar misol bula oladi. har bir M.g.ning markazi davlatning ma’lum hududida joylashgan buladi. Ammo 20-a. ning 70-y.dan ularning ta’sir doira- si baynalmilallashib-transmilliy tus ola boshladi. Korporasiyalar ko’paydi. Mac., Rotshild guruhi tasarrufidagi aktivlarning qariyb 60% Frantsiyadan tashqaridagi hududlarda joylashtiril — gan. Etakchi M.g. faoliyati universal xa- rakterga egadir. AQSh, G’arbiy Evropa va Yaponiya iqtisodiyotida 5-10 ta M.g. aso- siy o’rin egallaydi. Etakchi o’rin AQSh M.g.ga tegishli. M.g.ning yirik savdo- sanoat korporasiyalari boshqa M.g.ning banklari va sug’urta kompaniyalari b-n kredit aloqalarini o’rnatgan. Mac, Ka- liforniya va Texas (AQSh) guruhlari Uoll-strit banki kreditlaridan foy- dalanadi. Mamlakatlararo iqtisodiy integrasiya jarayoni yangi tipdagi bir- lashmalar — xalqaro korporasiyalarni vujudga keltirdi. Ular 2 turga ajra- tiladi: transmilliy korporasiyalar va ko’p millatli korporasiyalar. hoz. paytda jahonda 37 mingga yaqin xalqaro korpo- rasiyalar va ularning 206 mingdan ortiq filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. 1980- y.lar oxirida 100 ta yirik M.g.dan 38 tasi G’arbiy Evropada, 29 tasi AQShda, 16 tasi Yaponiyada, 10 tasi Fran-tsiyada, qolganlari, Avstraliya, Kanada, yangi Ze- landiya va b. industrial mamlakatlarda joylashgan edi. Abduxalil Razzoqov.