MOLIYA-SANOAT GURUHLARI

MOLIYA-SANOAT GURUHLARI — i.ch. samaradorligini ko’tarish uchun o’zlarining moddiy yoki nomoddiy AK- tivlarini birlashtiruvchi asosiy yoki qo’shimcha jamiyat sifatida faoliyat kursatuvchi yuridik shaxslar majmuala- ri. M.s.g. manfaati, strategiyasi va unga erishish yo’llari umumiy bo’lgan i.ch. so- xalari va yirik bank monopoliyalari- ning birlashmasi hisoblanadi. Bunda sanoat kapitali b-n bank kapitalining birlashuvi ro’y beradi. Dastlab yirik M.s.g. oilaviy moliya guruxlari, mas, Rokfellerlar, Morganlar, Dyuponlar, Mellonlar va b. atrofida shakllandi. Keyinchalik bu guruxlar aniq hududlar bo’yicha uyushdi va turli oilaviy gurux- larning moliyaviy kapitalini birlash- tirdi (Klivlend, Kaliforniya, Chikago M.s.g. va b.). Moliya kapitalining vujud- ga kelishi va rivojlanishi moliya oli- garxiyasi tabaqasining paydo bo’lishiga olib keladi. M.s.g. va moliya oligarxiyasi jamiyat hayotida muhim o’rinni egallay- Di. Bu ularning qo’lida iqtisodiy poten- tsialning jamlanishi, kompaniya (firma- lar) aktsiyalari nazorat paketiga egalik qilish hamda siyosiy in-stitutlar va ommaviy axborot vositalariga bevosita ta’sir etish imkoni-yatlari b-n belgila- nadi. Abduxalil Razzoqov.