MOLIYAVIY NAZORAT
MOLIYAVIY NAZORAT — moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan biri. Barcha iqtisodiy subyektlar (davlat, hududiy-ma’muriy bo’linmalar, korxona va tashkilotlar)ning moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo’jalik qonunchiligiga rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi.