Mo’minov Qobul

Mo’minov Qobul (1952.10.2, Koson tumani sariq qishlog’i) — usta chilangar, O’zbekiston Qahramoni (2001). Mehnat faoliyatini 1968 yilda «muborak» davlat naslchilik zavodida traktorchi yordamchisi bo’lib ishlashdan boshlagan. 1969 yildan Muborak — Toshkent gaz quvurlari boshqarmasida quvur yotqizuvchi, 1972 yildan muborak gazni qayta ishlash zavodida texnologik qurilmalarni ta’mirlash bo’yicha chilangar, tajriba, ta’mirlash va mexanika tsexida temirchi usta, temirchilik ustaxonasi boshlig’i. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan, xorijdan valyutaga olib kelinadigan ayrim detallarni korxonaning o’zida tayyorlash, muddatini o’tagan detallarga ishlov berish yo’li bilan ulardan qayta foydalanish muddatini bir necha barobarga uzaytirish, shu yo’l bilan nodir va rangli metallarni tejash usuli tashabbuskori. I-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1994).