Momiq bulut

Momiq bulut — bulut turlaridan biri. Muz kristallchalaridan iborat bo`lib, shakli yupqa patga o`xshaydi. Odatda, soya bermaydi. Troposferaning yuqori qatlamlarida juda past haroratli sharoitda vujudga keladi. Ba’zan havo frontida iliq havoning front yuzasi bo`ylab ko`tarilishidan hosil bo`lib, havo aynishidan darak beradi.