MOMMZEN (MOTGAIEP) TEODOR

MOMMZEN (MOTGAIEP) TEODOR (1817.30.11, Garding — 1903.1.1 1, Sharlottenburg) — nemis tarixchisi, Peterburg Fanlar Akademiyasining xorijiy faxriy a’zosi (1893). Leypsig (1848 yildan), Syurix (1852 y.dan), Breslau (Vroslav) (1854 yildan), Berlin (1858 — 1903) universitetlari professor. 1848-49 yillardagi inqilob davrida nemis burjuaziyasining so’l qanotida bo’lib, Shlezvigni Prussiyaga qo’shilishi tarafdori bo’lgan, Shlszviggolshteyn muvaqqat hukumatining nashriy organiga muharrirlik qilgan. Progresschilar partiyasidan prus landtagi va Germaniya reyxstagiga deputat qilib saylangan (1863-66 va 1873— 79 yillarda landtag deputati, 1881-84 yillarda Reyxstag deputati). Qadimgi Rim va Rim huquqiga oid 1500 dan ziyod tarixiy asarlar muallifi. Asosiy asari «Rim tarixi»da, asosan, Rimning miloddan avvalgi 46 yilgacha bo’lgan harbiy-siyosiy tarixini yoritgan va Rim provintsiyalari tarixini bayon qilgan. Nobel mukofoti laureati (1902).