Mongoliya

Mongoliya (Mongol uls) — Mar- kaziy Osiyoda joylashgan davlat. Mayd. 1565 ming km2. Aholisi 2 mln. 655 ming kishi (2001). Poytaxti — Ulan-Bator sh. Ma’muriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga bo’linadi. Ulan-Bator, Darxan va er-denet sh.lari mustakil ma’muriy birlik bo’lib, be- vosita Markaziy hokimiyat organlariga bo’ysunadi. Davlat tuzumi. M. — parlamentli re- spublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 13 yanv.da qabul qilingan va 12 Fev.da kuchga kirgan. Davlat boshlig’i — Prezi- dent (1997 y. dan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 4 y. muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk dav- lat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga bi- noan, prezident b-n kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar Mahkamasi boshlig’ining nom- zodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi. Tabiati. M. hududi aksari qismining bal. 1000-2000 m. Yirik tog’tizmala- ri: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Tog’ tepalari, asosan, yasen. Jan. va Jan.- sharqida Gobi cho’lining bir kismi bor. Bu erda vulkan tepalari qad ko’targan. Shim. va shim.-g’arbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning Sharqiy qismi shim.-Sharq, Jan. va Jan.-Sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Ko’llar soyligi va Gobi cho’lida 30 ming km2 er kum b-n qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, Jan. qismi gersin burmalariga ajralgan. Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -10°, -35° (eng past t-ra -50°), yozi iliq, qisqa, iyulning o’rtacha t-rasi 18-26° (eng yuqori t-ra 40°). Yillik yog’in 100-300 mm, tog’aarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzli- klar bor. Yirik daryolari: Selenga, keru- Len, Onon, Dzab-Xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va ezda to’lib oqadi. Yirik ko’llari: Ubsu- Nur, Xirgis-nur, Xubsugul va Xara-US- Nur. M. hududining aksari qismi (60%) da kashtan, shuningdek, qo’ng’ir, tog’larda qora, vodiylarda o’tloqi tuproqlar tarqalgan. O’simliklarning 2 mingdan ziyod turi o’sadi. Mamlakatning shim. va shim.-sharqi dasht, Jan. va Jan.-sharqi chala cho’l va cho’ldan iborat. Chala cho’lda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% o’rmon. Tog’yon bag’irlarida tilog’och, kedr, qarag’ay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut Emi- zuvchilarning 100 dan ortiq turi uchray- Di. Qumsichqon, qo’shoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, Maral, bo’ri, tulki va h.k. bor. Ba’zi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, Gobi ayig’i) M.dan boshqa erda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-o’la qo’riqxonasi tashkil etilgan. Aholisining 90% dan ortig’i mon- gollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-g’arbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yo’nalishiga e’tiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet. Tarixi. M. hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk Pa- leolit davrida matriarxal-urug’chilik, jez davrida patriarxal-urug’chilik tu- zumlari shakllandi. Mil. AV. 4— 3-a. lardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar Ittifoqi yuzaga keldi. Mil. 4-10-a.larda Jujan, Turk, uy-G’ur, Qirg’iz xoqonliklari vujudga keldi. 10-12-a.larda M. hududi Kidonlar sal- tanati tarkibiga kirdi. 13-a. boshida ko’pgina mo’g’ul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi mo’g’ul dav- latini tashkil etdi. 1206 y. mo’g’ul Noy- onlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb e’lon qilindi. 1211 y. dan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-a. o’rtalarida shim. Xitoy, Tangut davlati, O’rta Osiyo, Zakavkaze, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qo’l ostiga o’tdi. Natijada yirik mo’g’ullar davlati tash- kil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi bo’lmagan saltanat bosqinchilik urush- lari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 y. Xitoy, 1380 y.da Rossiya, 14-a. ning 2-yarmida Eron, Zakavkaze va O’rta Osiyo mo’g’ullar zulmidan ozod bo’ldi. 14-a.ning oxirgi choragida mo’g’ullar davlati batamom barham topdi. 15-a. da Esonxon (1440— 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479-1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlash- gan mo’g’ul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning o’limidan key- in mamlakat Jan. Mo’g’uliston va shim. Mo’g’ulistonga bo’linib ketdi. Shim. Mo’g’uliston ham o’z navbatida G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da M. ning uchala qismida jami 200 xonlik bo’lgan. 16-a. oxiriga kelib M.da bud- da dinining lamaizm yo’nalishi yoyildi va 17-a. boshida davlat diniga aylandi. 1616 y.da shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan manjurlar davlati 1634 y. Jan. Mo’g’ulistonni bosib oldi va uni ichki Mongoliya deb atadi. 1688 y.da Sharqiy Mo’g’uliston manjurlar asos solgan Tsin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Mo’g’uliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi. M.da yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 y.da manjurlar tomo- nidan tugatildi va uning yarim milli- ondan ortiq aholisi qirib tashlandi. O’z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Tsin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini ko’rdi. 20-a. boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19- a. oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida yanada kuchay- Di. 1911 y. aratlarning yirik qo’zg’oloni bo’lib o’tdi. 1911 y. noyab.da Urga (hoz. Ulan-Bator)da Tsin sulolasi hokimiyati ag’darilib, mustaqil M. davlati tuzil- ganligi e’lon qilindi. Mamlakatdagi Lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Bo’g’dixon tuzgan hukumat M. suvere- nitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 y. dan ortiqroq harakat qildi. 1915 y.da Rossiyaning Kyaxta sh.da chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillari- ning uch tomonlama konferentsiyasi bo’ldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtori- yat b-n cheklandi. 1919 y.da Xitoy M.ga qo’shin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi. 1921 y. iyulda Urga sh.da M. mustaqilligi e’lon qilindi. 1924 y. 26 noyab.da mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respubli- kasi (MXR) tuzilganligini ma’lum qildi va birinchi konstitusiyani qabul etdi. 1992 y.gacha mamlakat shu nom b-n yuritildi. Shu yili qabul qilingan Konstitusiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 y.larning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga o’tdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot o’rniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshla- Di, bir partiyali siyosiy tizimdan ko’p parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi. M. — 1961 y. dan BMT a’zosi. O’zrb-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanv.da o’rnatdi. Milliy bayrami — 11 iyul — Xalq inqilobi kuni (1921). Siyosiy partiya va tashkilotlari, ka- saba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 y.da tuzilgan, 1999 y. martda M. xalq partiyasi uning tarki- biga kirgan; M. milliy demokratik par- tiyasi, 1992 i. okt.da tashkil etilgan; M. Birlashgan konservativ partiyasi, 1993 y.da asos solingan; M. demokratik uyg’onish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; M. «ko’katparvarlar» partiyasi, 1990 y.da asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; M. res-publikachilar par- tiyasi, 1992 y.da tashkil etilgan; M. so- tsialdemokratik partiyasi, 1990 y.da tu- zilgan; M. demokratik Ittifoqi, parti- yalar bloki, 1990 y.da asos solingan; «va- tan», koalisiya, 1999 y.da tuzilgan, yangi demokratik sosialistik partiya b-n M. ishchi partiyasini birlashtiradi; to’rt ittifoq federasiyasi, 1993 y.da tash- kil etilgan (M. demokratik Ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yosh- lari Ittifoqi va M. talabalari itti- foqidan iborat). M. erkin kasaba uyush- malari Ittifoqi, 1990 y. tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federasiyasi, 1927 y. tashkil etilgan. Xo’jaligi. M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 34%, q.x.ning ulushi 16%. Qishloq xo’jaligi. 20-a.ning 20-y. lariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmog’i mavjud bo’lib, u ham bo’lsa ko’chmanchi yaylov chorvachiligi edi. Asta- sekin q.x.ning boshqa tarmoqlari, jum- ladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bug’doy, kartoshka, sabzavot, em-xashak etishtirila boshladi. Chorvachilikda qo’ychilik etakchi o’rinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joyla- rida qo’tos, bugu, shahar atrofida cho’chqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshi- ga to’g’ri keladigan chorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. 1991-92 y.larda sobiq 255 q.x. birlashmasi (q.x. kooperativlari) AK-tsiyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chor- vani xususiylashtirish asosan tugallan- Di. Chorva mollarning 90% xususiylash — tirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari etishti- rish b-n shug’ullanib kelgan ko’p davlat xo’jaliklari o’rniga ham aktsiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi. Sanoati. M.da dastlab engil va oziq- ovqat sanoati, 20-a.ning 40-60-y.lari- da og’ir sanoat (konchilik, energetika, yog’ochsozlik, qurilish ashyolari, metall- sozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka ko’proq e’tibor qaratildi. M. er ostida foydali qazilma xazina- lari ko’p. Hozircha 30 dan ko’proq tur- dagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshko’mir, qo’ng’ir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, ka- lay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va b. konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shag’al, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va sh.k.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan ko’proq issiq va sovuq ma’danli suv man- balari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun ko’pgina qo’shma korxo- na va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga o’rtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. I.ch. sano- atida gusht, un k-tlari, non z-Di, gilam f-kasi, po’stin-mo’yna, oyna va chinni korxonalari, Bosmaxonalar bor. Tsement, g’isht, uy bloklari, doridarmon, poyab- zal, jun — gazlama ishlab chikariladi. Transporti. Ko’p yuklar t.y. va avtomo- bil transportida tashiladi. T.y. uzun- ligi — 1,8 ming, avtomobil yo’llari uz. — 46 ming km. Xubsugul ko’li, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956 y.dan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda. Tashqi savdosi. 1980-y.larning oxi- rigacha mamlakat savdosi bir tomonlama, faqat o’zaro iqtisodiy yordam Kengashi mamlakatlariga yunaltirilgan edi. Aso- siy mijozi sobiq SSSR bo’lgan. 1990-y. lar boshida M. «ochiq eshik» siyosatini faol utkaza boshladi, boshqa mamlakat- lar, chunonchi Yaponiya, AQSh, Germaniya, Jach. Koreya, Singapur, Gonkong va b. b-n munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda chorvachilik, konchilik, engil va oziq- ovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng iste’mol mollari xarid qiladi. Tashqi savdoda- gi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi — tugrik. Maorifi, ilmiy va madaniy ma’ri- fiy muassasalari. 2000 y.da 660 umumiy ta’lim maktabida 381 ming bola, 47 oliy o’quv yurti, jumladan, 27 ta davlat unti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik bo’yicha magistr unvonini olish uchun 26265 tala- ba ta’lim oldi. Ulan-Bator sh.da mongo- liya FA ish olib boradi. M.da bir qancha i.t. muassasalari xam mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiri- klari: Davlat xalq kutubxonasi, FA va un-t kutubxonalari. Muzeylari: Davlat Markaziy muzeyi, nafis san’at muzeyi, Din tarixi muzeyi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiylari: «Unen-uu?»(«Haqiqatmi?», haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920 y.dan; 1996 y. urtalarigacha «Unen» nomi b-n nashr etilgan; 1996 y. sent.dan hoz. nomda), «Zalgamjlagch» («o’rinbosar», 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1926 y.dan), «Xudulmur» («mehnat», haftada 3 Mar- ta chiqadigan gaz., 1928 y.dan), «xumu- un» («inson», gaz., 1990 y.dan), «ardin tur» («Xalq hokimiyati», yiliga 4 Mar- ta chiqadigan jur., 1950 y.dan), «Mon- golii duu xooloy» («Mongoliya ovozi», gaz., 1992 y.dan), «Mongolii xudoo» («Mongol qishlog’i», haftalik gaz., 1970 y.dan), «Ardchilal tayme» («demokratiya vaqti», gaz., 1993 y.dan), «Ertons» («ko- inot» gaz., 1990 y.dan), «sog» («mash’-] ala», 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1994 y.dan). Mongol telegraf agentligi (MONTSAME), qukumat agentligi, 1921 y.da tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 y.da tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 y.da asos solingan. Mongol radioasi 1934 y.da, Mongol teleko’rsatuvi 1967 y.da tashkil etilgan. Aaabiyoti. Mongol xalq og’zaki ijo- diyotida qo’shiq, Doston, ertak, mad- hiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar ko’p. Yozma adabiyoti 12— 13-a. larda boshlangan. «Argasun xuurch qissasi», «etim bolaning to’qqiz chin- giziy baxrdir b-n suhbati», «togon- Temurning yig’isi» kabi asarlar keng tarqalgan. 17-a.da yilnomalar vujudga keldi. 19-a.da yaratilgan «ko’k kitob» trilogiyasi (muallifi Injinash) va b. ko’pgina asarlar xalq orasida mashhur. 20-a.da M. adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxshi an’analariga taya- nib, ilg’or jahon adabiyoti b-n aloqani kuchaytirib, rivoj topa boshladi. 1929 y.da adiblar to’garagi tashkil topdi, u 1930 y.da M. yozuvchilari uyushmasiga ay- lantirildi. D. Na-tsagdorj, Ts. Damdin- suren kabi yozuvchilar pesalari, she’- rlari b-n mongol adabiyoti rivojida muhim rol o’ynadilar. 40— 50-y.larda S. Dashdendev, D. Tsevegmid, Ch. Lxam- suren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar do’stligi va hamkorligi samaralari to’g’risida asarlar yaratdilar. 50— 60-y.larda Yi- rik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida «Ayushi» qissasini (1947), B. Rinchen «cho’l ton- gi» romanini (1955), Ch. Lodoydam «Ol- toyda» romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, M. Gaadamba, S. Udval kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bag’ishlandi. Hoz. davr adabiyotida Ts. Gaytav, B. Yavuxulan, Ch. Chimid, D. Pu- revdorj va b. shoirlarning she’rlari alohida ajralib turadi. Ja-hon ada- biyotining eng yaxshi asarlarini tarji- ma qilishga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, G’. G’ulom, Mir-Muhsin, Rahmat Fayziy, Turob to’la va b. o’zbek yozuvchilarining asarlari mongol tili- ga, shuningdek, mongol yozuvchilarining bir qancha asarlari o’zbek tiliga tarji- ma qilingan (L. Tudevning «Suxe-Bator» qissasi, D. Na-tsagdorjning «tanlangan asarlari», «Mongol ertaklari» va b.) hududidan jez davrining boshlariga oid qoyalarga o’yib tushirilgan yoki bo’yoq b-n ishlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi echki, bo’ri, ilon)larning tasvirlari topil- gan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya tosh- lariga ishlangan odamlar va to’rtta ot qo’shilgan to’rt g’ildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6-8-a.larda hunarmandchilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuchmanchi chorvadorlar va jangchi- larning ot abzallari va qurol-yarog’lari o’simliksimon naqshlar b-n bezatila boshlagan. 6-9-a.lardagi shahar vayro- nalaridan toshga ishlangan bo’rtma va bosma usulda naqshlangan sopol idish- lar topilgan. M.ning turli joylarida g’isht va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalchalar o’rnatilgan. 10-a. dagi mamlakat poytaxti O’rda baliq (key-inroq Xara Balgas) xarobalari ora- sida mudofaa istehkomlari, uylar, ibo- datxonalar ko’zgaTashlanadi. 10-12-a. larda shaharlar jadal qurildi. Odatda, shahar imoratlari yorug’lik tushishiga qarab rejalangan, zovurlar va tepali- klar b-n o’ralgan, darvozalari va Mino- ralari bo’lgan. Bir yoki bir necha ko’cha chetlaridagi ma’muriy binolar, ibodat- xonalar va turar joylar atrofi devor b-n o’ralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangchilarning o’tov hamda chodir- lari bo’lgan. Qad. Bars-xot (10-12-a. lar) sh. kavlanganda budda ibodatxona- si va pagodalari qoldiqlari, ma’bu- da va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, o’yma yog’och bezaklar va me’moriy bo’laklar chiqqan. 16-a.dan 20- a. boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yog’och sinchli, surma panjara devorli, eshikli o’tovlardan iborat bo’lgan. Monastir va ibodatxona- lar ko’plab qurilgan. 20-a.ning 20-y.laridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, sayn- Shand) barpo etildi. Binolar kurishda 20— 30-y.larda konstruktivizm ta’si- ri ko’rindi. 40-50-y.larda binolar- ning old tomonlari hashamli — Kolon- nali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi un-t). 50-y.larning o’rtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60-90- y.larda qurilishda industrial va yig’ma uysozlik usullaridan keng foydalanil- Di. Keyingi davrlarda metallsozlik, yog’och o’ymakorligi, kashtachilik kabi an’- anaviy tarmoqlar b-n bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak o’ymakorligi rivoj topa boshladi. Musiqasi qad. an’analarga boy. Qo’shiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qo’shiq qilib ay- tish qadimdan odat bo’lgan. Xalq ayti- shuvlari (ikki xonanda basmabas aytadi- gan qo’shiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qo’shiq aytishning o’ziga xos usuli ham urf bo’lgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qo’shiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoy- IBA qo’shiklari ko’p. Xalq cholg’u asbobla- ri: limba (nayning bir turi), morinxur va Xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va b. Zamonaviy M. musiqasi 20-a.ning 20-30-y.larida vujudga kelib, rivoj- lana boshladi. «Shive Kyaxta» deb atal- gan birinchi partizanlar qo’shig’i 1921 y.da ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va M. Dugorjav kabi kom- pozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivoj- lana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o»childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. M. xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, du- xovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor. Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil bo’lgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tila- guvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Bieleg raqslarida teatr unsurlari ko’zga tashlanadi. To’ylar, farzand tug’ilishiga bag’ishlangan marosimlar, hosil bayram- larida voqeiy tomoshalar ko’rsatilgan. 17-a.dabu joylarda buddaviylik yoyili- shi munosabati b-n vujudga kelgan tsam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyo- viy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bay- Rami kunlari ko’chalarda qo’g’irchoq spek- takllari ko’rsatiladi. 20-a. boshlarida havaskorlik to’garaklari rivojlana boshladi. 20-y.larda Ulan-Batorda tash- kil etilgan drama to’garaklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 y. poytaxtda teatr studiyasi Ochil- Di va o’sha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948 y.dan Ulan-Batorda qo’g’ir-choq tea- tri, 1950 y.dan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining ta- rixi va hoz. hayotini aks ettiruvchi pe- Salar b-n bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham o’rin olgan. Kinosi. 1935 y. Ulan-Batorda » Mon- golkino» studiyasi tashkil qilingach, kino san’ati rivoj topdi. 1936 y.dan hujjatli filmlar chiqarila boshladi. «Norjmaning yo’li» birinchi badiiy filmi 1938 y.da suratga olinds. «Bo’ri galasi» (1939), «birinchi saboq» (1940), «Ikki chorvador» (1955), «yo’limizdagi to’g’anoqlar» (1956), «qalb amri» (1966), «Toshqin» (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyin- gi yillarda «kuyov», «Visol», «Motor shovqini», «Dovon ketidan dovon» fil- mlari yaratildi. Yiliga bir necha badi- iy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film ishlab chiqariladi. O’zbekiston — M. munosabatlari. 1977 y.dan 1994 y.gacha Toshkentda M.ning Bosh konsulxonasi ishladi, M.ning mo- liyaviy ahvoli yomonlashuvi munosaba- ti b-n Bosh konsulxona yopib qo’yildi. Xoz. paytda ikkala mamlakat o’rtasidagi diplomatiya munosabatlari M.ning Qozog’iston Respublikasidagi elchixo- nasi orqali amalga oshirilmoqda. 1996 y. 11— 13 Fev. kunlari M. delegasiyasi O’zR ga tashrif buyurdi, O’zbekiston va M. tashki ishlar vazirliklari o’rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar haqida bayonnoma imzolandi. O’zR b-n M. o’rtasida ozroq hajmda bo’lsada, savdo- sotiq yo’lga qo’yilgan. 1998 y.da ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. 1999— 2002 y.larda ham tovar ayirbosh- lash davom etdi.