MONIEZIOZLAR
MONIEZIOZLAR — kavsh kayta- ruvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazit holida yashovchi Moniezia tur- kumiga mansub tsestodalar chaqiruvchi invazion kasallik. Tsestodlar oraliq xo’jayinzirhli kanalar ishtirokida ri- vojlanadi. Yosh mollar sharoiti no-qulay bo’lgan yaylovlarga olib chiqilgach, o’t b-n birga kanallarni yutib yuborib, kasalla- nadi. Kasallangan hayvon lohaslanadi, ichi ketadi, oriqlaydi, ichagi og’rib, ay- lanma harakat qila boshlaydi. Tashhis axlat namunalarida gelmintlar va ularning tuxumlari aniqlanishiga ko’ra qo’yiladi. Davolash: fenasal, mis sulfati, Pa- Nakur, mishyak-qo’rg’oshin oksidi prepa- ratlari beriladi. Oldini olish: madaniy yaylovlarda o’tlatish, mollarni degelmintizasiya- lash.