Moniy ibn Fatak
Moniy ibn Fatak (taxm. 216 — taxm. 277) — moniyyaik ta’limoti asoschisi. 3-a.ning 30-y.larida Eron, O’rta Osiyo, Hindistonga safar qilib, buddizm, braxmanizm va b. dinlar b-n tanishgan. Keyinchalik o’z ta’limotini targ’ib etgan. Bu ta’limotni Eron shohi Shopur I quvvatlab, uni xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi qo’ygan. M. Zardusht kohinlarining qarshiligiga uchrab, Erondan qochishga majbur bo’lgan. Uning tarafdorlari O’rta Osiyo, Misr, Sharqiy Turkiston (Sintszyan), Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlarida kengtarqalgan. 273 y. M. Eronga qaytgan, bir oz vaqtdan so’ng qatl qilingan. Tur- li rivoyatlarda M.ning o’z davrida is- te’dodli naqqosh, rassom xam bo’lgani haqida hikoya qilinadi.