Monokarp o’simliklar

Ma’nosi

Monokarp o’simliklar (mono… va Yunoncha karpos — meva) — hayotida bir marta gullab urug’laydigan, keyin nobud bo’ladigan o’simliklar. Monokarp o’simliklarga, asosan, bir yillik (bug’doy, arpa, lolaqizg’aldoq va boshqalar) va ikki yillik (sabzi, karam, piyoz va boshqalar) o’simliklar, ko’p yilliklardan ba’zi bambuklar, palmalar, agavalar va sassiq kovrak kiradi.

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar