Monokristall
Monokristall — kristall Pan- jarasn tartibli, ma’lum simmetriyaga ega (to’g’ri ko’p yoqli), anizotrop xossali bitta kristall. Ko’pchilik qattiq jism- larning M.dan farqi shundaki, ular may- da kristall va kristallitlardan tarkib topgan polikristallitlardir. M. ma’- lum t-ra, bosim va kimyoviy tarkibli suyuq, qattiq, gazeimon moddadan hosil bo’ladi (mas, flyuorit, ftorli litiy va b.). M. olish uchun reaktiv toza bo’lishi, tashqi sharoit va t-ra o’zgartirilmasdan saqlab turilishi kerak. M. moddani eritish, eritma hosil qilish, gaz va qattiq holga keltirish jarayonlari orqali hosil qilinadi. Bu holatlarni hosil qilish usullari juda ko’p bo’lib, ularni tanlashda moddaning fizik va kimyoviy xossalari e’tiborga olinadi. Erishi qiyin bo’lgan moddalar (molibden, volfram)dan M. olish juda qiyin. M. olishda paydo bo’lgan asosiy nuqson vakansiyalar va dislokasiyalar- tsir. M, sekin hosil qilinganida vakan- siya ortsa, tez hosil qilinganida dis- lokasiya ortadi. Dislokasiya ortganida mozaik (rangdor) kristall hosil bo’ladi. M. xalq xo’jaligida, radioelektronika, akustika, hisoblash texnikasi va h.k. da ishlatiladi.