Monomerlar

Monomerlar (mono… va Yun. meros — qism) — molekulalari o’zaro ta’sirlanib (polimerlanish yoki poli- kondensatlanish) yoki boshqa moddalar- ning molekulalari b-n reaktsiyaga kiri- shib polimerlar hosil qiladigan quyi molekulali moddalar. Polimerlanishda qatnashuvchi ko’pchilik M. quyidagi ikki sinfdan biriga taallukdi bo’ladi: 1) karrali bog’lar S=S, S=S, S=o, C=N va b.ning buzilishi natijasida polimerla- nuvchi birikmalar (olefinlar, dien va atsetilen uglevodorodlari, aldegidlar, nitrillar va h.k.); 2) tsiklik guruxdar- ning buzilishi natijasida polimerla- nuvchi birikmalar, mas, olefin oksid- lari, laktamlar, laktonlar. Funktsional guruhi bor bo’lgan birikmalar (mas, Di- karbon kislotalar, aminokislotalar, glikollar, fenollar, diaminlar) ham M. sifatida ishlatilishi mumkin. Sopo- limerlanish yoki sopolikondensatlanish reaktsiyalarida ishtirok etuvchi M. somo- nomerlar deb ataladi.