Monometallizm

Monometallizm (mono… va metall)-bir metall umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosini tashkil etadigan pul tizimi. Monometallizmda muomalada bo’lgan tangalar va qiymat belgilari (qog’oz pullar) qimmatbaho metallarga almashtiriladi. XIX asr oxiridan yangi oltin konlari ochilishi bilan, ko’pgina mamlakatlar birin-ketin oltinga asoslangan pul tizimiga o’tdilar va Monometallizm bimetallism o’rnini egalladi. XX asr 70-yillaridan deyarli barcha davlatlarda oltin Monometallizm oltin valyuta standarti bilan almashtirildi.