Monoteizm
Monoteizm (yunoncha mono… va theos-xudo), yakkaxudolik-yagona xudo haqidagi tasavvurlarga asoslanuvchi diniy e’tiqodlar. Ko’pxudolik (politeizm)ning aksi. Xristianlik, iudaizm va islom Monoteizmga asoslangan dinlardir. Atama ilk bor ingliz faylasufi, neoplatonchi Genri Morning “Ilohiy sirlar” asari qo’llanilgan.