Monsonit

Monsonit (Italiyadagi Monso- ni tog’i nomidan) — kristalli magma- tik tog’jinsi; taxm. teng mikdordagi kaliynatriyli dala shpati (ortoklaz va Labrador) va temirli magnezial mi- nerallardan tuzilgan. M.ning nordonroq xillarida ozroq miqdorda kvars bo’ladi. Tarkibidagi minerallarning nisbati- ga ko’ra, M.li jinslar gabbro va sienit oralig’ida bo’ladi. Teksturasi, asosan, massivli. Rangi kulrang, kulrang-pushti. Qoramtir mineral bo’yicha avgitli, bio- titli va h.k. bo’ladi. Fizikaviy xossasi dioritga yaqin M.lar zich, yirik donador jins si-fatida alohida massivlarni hosil qiladi. Murakkab tarkibli in- truzivlar tuzilishida ishtirok etadi. M.ning porfirli turlari O’zbekistonda Qurama tog’larida uchraydi. Xorijda Ukraina, RF (Baykal atrofida), Italiya, Norvegiya va b. mamlakatlarda bor. Jilo- lanuvchi turlaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.