Monumental san’at

Monumental san’at — nafis san’at turi, me’moriy (ayrim hollarda tabiiy) muhit b-n uyg’unlikda g’oyaviy ob- raz tugalligiga ega bo’ladigan asarlar. M.s.ga haykal va monumentlar, binolar- ning haykaltaroshlik, rangtasvir, mo- Zaika bezaklari, vitrajlar va b. kiradi (ayrim tadqiqotchilar me’moriy obida- larni ham M.s.ga kiritadilar). Me’mor- lik b-n uyg’unlashgan M.s. ansamblning asosiy mazmuni yoki shakliga aylanadi (q. San’atlar sintezi). Binolar tarsi va intereridagi mavzuli tasvirlar, maydonlardagi haykallar davrning eng umum falsafiy va ijtimoiy g’oyalarini o’zida aks ettiradi, buyuk arboblar va muhim voqealarni abadiylashtira- Di. Ko’tarinkilik, umumahami-yatga ega g’oyalarni tasvirlashga intilish asarga ulug’vorlik va muxim shakl baxsh etadi. Ayrim M.s. asarlari me’morlikda uning shakliy ifodaliligini oshiradi, devo- riy to’siqlar, tarzlar va b.ning estetik ta’sirchanligini kuchaytiradi. M.s. asarlari buyuk g’oyaviy mazmuni va ahamiyati b-n ajralib turadi hamda qat’iy umumlashma shaklga ega bo’lib, uzoq muddatga chidamli xom ashyolar- dan yaratiladi; omma orasida muxim ijtimoiy g’oyalarni targ’ib qiladi va tarqatadi. M.s.ning vazifasi ijtimo- iy ko’tarilishlar va san’at tarakdiyoti davrlarida ortib boradi (mas, Uyg’onish davrida Rafael, Mikelanjelo va b.ning freskalari, Temuriylar davrida me’mo- riy obidalar, amaliy san’at va b.).