MOONZUND ARXIPELAGI

MOONZUND ARXIPELAGI, G’arbiy Estoniya arxipelagi — Boltiq dengizidagi orollar guruhi, esto- niya tarkibida. Riga qo’ltig’idan shim., shim.-g’arbda joylagan. M.a. Sa-aremaa, Xiyumaa, muxu va Vormsi kabi yirik orollar va 500 dan ortiq mayda oroldan iborat. Mayd. 4 ming km2. Er yuzasi AK- sari pasttekislik. Eng baland joyi 54 m. Orollar, asosan, ohaktoshdan tarkib topgan bo’lib, usti dengiz yotqiziqlari b-n qoplangan. Iqlimi mo»tadil iliq. Yillik yog’in miqdori 550 mm. Tuprokla- ri chimlikarbonatli va botqokdashgan tuproqlar. O’tloq va botqoqlar ko’p. M.a.da baliq ovlanadi, dehqonchilik, chorvachilik qilinadi. Viydumyaz va Vilsandi qo’riqxonalari bor. Eng Yi- rik shahri Kuressaare (Saaremaa oroli- da).