Mordvalar

Mordvalar — xalq, Mordoviyaning tub aholisi (313 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida 1073 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Umumiy soni 1150 ming kishi. Erzya va moksha, Karatay va teryuxanlar etnik guruhlariga bo’linadi. Mordva tillarida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.