Morgan (Morgan) Tomas Xant

Morgan (Morgan) Tomas Xant (1866.25.9, Leksington, Kentukki — 1945.4.12, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik zoolog, genetika asoschilari- dan biri, AQSh Milliy FA prezidenti (1927-31). London Qirollik jamiyati a’zosi (1919 y.dan). Kentukki (1886) va J. Xopkins un-tlarini (1891) tugatgan. Brin-Mordagi xotinqizlar kolleji (1891 — 1904) va Nyu-Yorkdagi Kolum- biya untida (1904-28) prof., Pasadena- dagi Kaliforniya texnologiya in-tining biol. lab. boshlig’i (1928-45). M. eks- perimental embriologiya, regenerasiya, hayvonlar jinsini aniqlash va irsiyatga oid tadqiqotlar olib borgan; irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslab bergan. M. va uning xodimlari tomonidan xro- mosomalar chalkashuvi va krossingover hodisasining kashf etilishi Mendel qonunlarining tsitologik me-xanizmini to’liq tushunib olishga va tabiiy tanla- nish nazariyasining mo-hiyatini tushun- tirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1933).