Morganlar

Morganlar (Morgan) — AQShdagi eng keksa va yirik moliya guruhlaridan biri. 19-a.ning oxirida shakllangan. Bu guruhga Morgan (1813-90) asos solgan. Ta’sir sohalari: bank ishi, kayta ish- lash sanoati, t. y. transporti. Etakchi moliyaviy institutlar: «Morgan granti t-rast Kompani» tijorat banki, «J. P. Morgan end Kompani» bank uyi, «Morgan Stenli end Kompani» investisiya banki. M. «Prudenshel» va «Nyu-York Layf» sug’urta kom-paniyasining 50% ga yaqin aktivlarini, «Yunayted Steyts stil», «Jeneral Elektrik», «Jeneral Motors» sanoat korporasiyalari, investisiya ban- klari tarmog’ini nazorat qiladi. 20-a. ning 70-y.lari nazoratidagi aktivlar miqdori 90 mlrd. dollardan ortiqroq bo’lib, shundan 40 mlrd. dollar kre- ditmoliya sohasiga to’g’ri kelgan. Guruh ko’pgina bank va sanoat monopoliyalari Ittifoqidan iborat. 2-jahon o’rushigacha moliyaviy go’ruhning boshqaruv markazi Nyu-Yorkda joylashgan. M., shuning- dek, ko’mir, to’qimachilik, neft, kimyo va b. sanoat tarmoqlarida o’z hissasiga ega.. 25 mamlakatda 560 ta ofisi faoliyat olib boradi, xodimlar soni 60 mingdan ortiq. 2001 y. sof foydasi 3,6 mlrd. dol- larni tashkil qildi. Ta’sir doirasida hoz. zamon ilmiytexnika inqilobi b-n bog’liq sohalar (radioelektronika, raketa yasash va b.) yo’qligi uchun mavqei ancha pasay- gan. M.ning moliyaviysanoat manfaatla- ri barcha etakchi mamlakatlarda mavjud. Gurux. AQSh ning siyosiy hayotida muhim rol o’ynaydi. Abduxalil Razzoqov.