Moriak (Mauriac) Fransua

Moriak (Mauriac) Fransua (1885.11.10, Bordo — 1970.1.9, Parij) — frantsuz yozuvchisi. Frantsiya FA a’zosi. Ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshla- gan. Birinchi romani «zanjir jafosini tortgan bola» (1913)da qishloklik Yi- gitning Parijdagi sarguzashtlari tas- virlangan. «Moxovga hadya etilgan bo’sa» (1922), «Volida» (1923), «Tereza De- skeyru» (1927), «ilonlar o’rami» (1939), «Boshi berk ko’cha» (1939) kabi romanlari mashqur. 1943 y.da Frantsiya Kdrshilik harakatiga qo’shilib, Forez taxallusi b-n fashizmga qarshi maqolalar yozgan («K,ora daftar»), uning urushdan keyin yozilgan asarlaridan «maymun» (1951), «Xudo-yiga atalgan qo’zichoq» (1954), «O’tmish o’spirini» (1969) kabi romanla- ri mashhur. M. 1952-70 y.larda Frantsi- yada chiqadigan «Ekspress» va «Figaro» gaz.larida o’zining siyosiy, axloqiy va estetik mavzularda yozilgan «yon daftar- lar» ini e’lon qildi. Uning ijodi uchun illatlarni ruhiy taxlil qilish va tabi- iy detallashtirish xos. «Roman» (1928), «Romannavis va uning personajlari» (1938), «Ruqi-yat xotiralari» (1956) kabi asarlarida yozuvchining badiiy-estetik karashlari o’z ifodasini toptan. So’z san’atidagi har qanday modernizmta qarshi turgan M. hayotni qanday bo’lsa, shundayligicha tasvirlashga intilgan. Nobel mukofoti laureati (1952).