Morula

Morula — embrion rivojlanish bosqichi. Bunda ko’p hujayrali hayvon embrioni bir-biriga yopishgan ko’p bIastomerlarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu blastomerlarning tashqi ko’rinishi tut mevasini eslatadi. Moruladan so’ng blastula bosqichi keladi.