Morze apparati

Morze apparati — signallar- ni Morze kodi vositasida uzatuvchi va qabul qiluvchi elektromagnit telegraf apparati. S. Morze 1844 y. yaratgan va amalda qo’llagan. Tuzilishi oddiy, puxta ishlaydi, lekin signallarni uzatish va kabul kilish tezligi kichik. M. a., aso- san, uzatkich (kalit) va kabul qilgichdan iborat (rasmga k,.). Signallarni uzatish uchun kalit K b-n batareya B toki zan- jirini Morze kodiga mos holdaulab- uziladi. Elektromagnit E dan tok o’tib, o’zak yakor ya ni tortadi. Natijada bo’yoq surtilgan yozuv g’aptagi (PK) lentaga te- gib, unda uzunqisqa iz qoldiradi. Len- tani soat me-xanizmi uzluksiz surib turadi. Lentaning tezligi 160-180 sm/ min, bo’lishi mumkin. M. a. vositasida soatiga 950— 1100 so’zni 5 mm li po’lat sim orqali 500 km gacha uzatish mumkin.