Moshesh I

Moshesh I (Moshesh), Msheshve (taxminan 1786-1870) — Basuto (suto) qabilasining oliy (bosh) sardori. Basuto qo’shini 1852 yilda Moshesh I qo’mondonligi ostida ingliz harbiy otryadini tormor etgan. Moshesh I 1868 yilda burlar Basutoning hamma hududini bosib olishi xavfi ostida Buyuk Britaniya protektoratini o’rnatilishiga rozi bo’lgan.