Moshxo’rda

Moshxo’rda — suyuq taom. Masallig’i va tayyorlash usuliga ko’ra, qiymali M., go’shtli jazlama M., po’stdumbali M. kabi turlari bor. Go’shtli yoki po’stdumbali M. tayyorlash uchun go’sht yoki po’stdumba mayda qilib to’g’raladi. Piyoz, pomidor, kubik qilib to’g’ralgan sabzi va b. masalliklar dog’langan yog’da yaxshilab qovuriladi, so’ngra suv quyiladi, ziravorlar, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi, mosh ochilgach, tuz va guruch solinadi, yana 20-25 min. qaynatiladi. Tayyor taom olovdan olinib, bir oz «dam ediriladi», so’ngra kosalarda, mayda to’g’ralgan kashnich, ko’k piyoz, Rayhon se- pib, dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq yoki suzma qo’yiladi.