MOSKVA UNIVERSITETI

MOSKVA UNIVERSITETI, M . V . Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti — Rossiyadagi ilmiy va pe- dagog kadrlar tay-yorlaydigan eng yirik oliy o’quv yurti. 1755 y. M. V. Lomonosov tashabbusi b-n tashkil qilingan. Dast- lab falsafa, huquq va tibbiyot f-tlari bo’lgan. Un-t podsho Rossiyasida ilg’or fan va ma’rifat markazi bo’lgan. Unda yirik olimlar tuplanib, turli ilmiy yo’nalishlar shakllangan. Un-tda A. N. Radishchev, A. S. Griboedov, M. Yu. Ler- montov, V. G. Belinskiy, A. I. Gersen, A. N. Ostrovskiy, I. S. Turgenev, K. D. Ushinskiy, A. P. Chexov va b. mashhur ki- shilar o’qigan. 1940 y. M. V. Lomonosov nomi berilgan. Fizika, mat., kimyo, biol., geol., geogr., Filol., tarix, falsafa, psixologiya, huquq va b. sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida 18 f-t, Osiyo va Afrika mamlakatlari in-ti, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim va o’qituvchilar malakasini oshirish muas- sasalari, dar-slar frantsuz tilida olib boriladigan kollej bor. Un-tda 200 dan ortiq kafedra va 430 i.t. laboratoriya va st-ya, 4 i.t. instituti (mexanika, yadro Fi- zikasi, P. K. Shternberg nomidagi astro- nomiya, D. N. Anuchin nomidagi antropo- logiya), hisoblash markazi, 4 rasadxona, 3 muzey, Botanika bog’i, ilmiy kutubxona (1756 y. tashkil etilgan; 6 mln.dan ortiq asar saqlanadi), nashriyot (1927 y. tash- kil etilgan) mavjud. 1992 y. un-t o’zini o’zi boshqaruvchi Rossiya davlat oliy o’quv yurti makrmini oldi. Un-tda 25 ming- dan ortiq talaba ta’lim oladi, 9 mingga yaqin ilmiy pedagogik xodim ishlaydi.