Moxorovichich yuzasi

Moxorovichich yuzasi — er po’sti b-n mantiyasi orasidagi chegara. M. yu. dastlab 1909 y.da Bolkrn zilzilala- ridan tarqalgan seysmik to’lqinlarni o’rganish natijasida aniqlangan. Bo’ylama seysmik to’lqinlar tezligi M. yu.ni kesib o’tganda (yuqoridan pastga) sakrab boradi. M. yu.da bo’ylama seysmik to’lqinlar tezligi M. yu. ustida 6,9—7,5 km/sek., ostida 8,0—8,2 km/ sek.ga teng. Ko’ndalang to’lqinlarning tezligi M. yu. ustida 3,6—4,2 km/sek., ostida 4,4—4,7 km/sek. M.yu. okeanlar tubida 10-12 km, tog’lik joylarda 60— 70 km chuqurlikda joylashgan. O’zbeki-stonning Farg’ona vodiysida 55 km, Toshkent vohasida 40— 45 km, Qizilqumda 35 km ga etadi. Pomir tog’larida esa 80-85 km. M.yu.ning ta- biati haqida seysmolog olimlar orasi- da hanuzgacha yagona fikr yo’q. Bu sohada amaliy va nazariy izlanishlar davom etmoqda. M.yu.ni ilmiy o’rganish er Pu- sti EVO-lyusiyasini aniqlash va qazilma boyliklarning paydo bo’lishi jarayo- nini bilish, ularni qidirib topishda ahamiyati katta. M.yu. uni kashf qilgan xorvatiyalik seysmolog A. Moxorovichich (1857-1936) nomi b-n atalgan. Yana q. Er.