MOYLISUV NEFT-GAZ KONI

MOYLISUV NEFT-GAZ KONI — Qirg’izistonning Jalolobod viloyati- dagi kon. Moylisoy sh.dan 6 km Jan. da. 1907 y.da topilgan. Jami 5 ta struktu- raning turtinchisi sanoat ahamiyatiga molik. Kon joylashgan hudud shim.dan Jan. tomon 1600 m dan 600 m gacha pasayib boradi. Dastlabki neft 1948 y. kovlan- gan quduqdan otilib chiqqan. 1950 y.dan neft va gaz olina boshladi. Gaz uyum- lari bo’r yotqiziqlari gorizontlarida aniqlangan. M.n.-g.k. paleozoy, mezozoy va Kay- nozoy erasiga mansub jinslarda joy- lashgan. Paleozoy yotqiziqlari to’q yashil argillitdan iborat. Mezozoy yotqiziqlari yura va bo’r qatlamlaridan tashkil topgan, qalinligi 60-70 m bo’lgan kulrang va qizg’ish qumtosh, Alev- rolit hamda giltoshlardir. Bur davri yotqiziqlari umumiy qalinligi 900— 1000 m qalinlikdagi giltosh va alevro- litlardan tuzilgan. Paleogenning umu- miy qalinligi esa 250-286 m. Baqtriya yotqiziqlarida strukturaning uz. 13-14 km, eni 3,5 km. Konning 9 ta gorizonti- da gaz mavjud. Gorizontlarning umumiy qalinligi 52 m gacha, g’ovakligi 10-25%. Qatlam bosimini dastlabki ko’rsatkichi 16,8— 33,2 MPa. Uyumning uz. 2,5—5 km, eni 1,0—2,1 km. Quduqlar debiti 5-523 ming m3/sut. Gazning havoga nisbatan zichligi 0,626—0,670. Metan mikdori 94,6—96,8%. Qatlam suvlari, asosan, xlorkaltsiyli.