MO’YNOQTOV

MO’YNOQTOV — Qoraqalpog’istonning shim.dagi ba- landlik. Bal. 86 m. Orol dengizi qurib borayotganligi tufayli Mo’ynoq ya.o. o’z qiyofasini yo’qotib quruklikka aylangan dengiz tubi b-n tutashib ketdi. M. atro- fidagi tekislikdan keskin ko’tarilib turadi. Yon bag’irlari juda tik, chinksi- mon jarlikdan iborat. Balandlikning yuzasi birmuncha tekis, kam parchalangan, do’ng, ko’chib yuruvchi va Jan.-sharqida fitogen (buta oldi) qumliklar mavjud. Barxanlar dengizning qurigan qismidan shamol olib chiqqan qum evaziga vujudga kelgan. Balandlikning asosida paleogen gillari, pliosenning mergelli gilla- ri, hamda qumtosh qatlami yotadi. Cho’l qumli tuproklarda Qandim, oqsaksovul, o’tlardan rang, qo’ng’irbosh va b. efemer- lar o’sadi. Areal tarzda tarqalgan bo’z qo’ng’ir tuproqlarda keyreuk, boyalich, burgan ustuvor. Yaylov sifatida foyda- laniladi. O’rtacha mahsuldorligi gekta- riga 2-3 ts.