Mualliflik huquqi

Mualliflik huquqi — keng ma’noda — fan, adabiyot va san’at asar- larini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan mu- nosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisi; fuqarolik huquqining bir bo’limi. Top ma’noda — asar muallifiga tegishli bo’lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. M.h — bo’yicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konventsiyalar b-n tartibga solinadi. M.h — bo’yicha 1952 y.gi Jahon (jene- va) konventsiyasi hamda adabiy va badi- iy asarlarni himoya qilish to’g’risidagi Bern konventsiyasi (1886) mavjud. Bern konventsiyasi M.h.ni himoya qilishning qat’iy tizimini o’zida ifodalaydi. O’zbekistonda M.h.ning asosiy norma- lari O’zR fuqarolik kodeksi (1041 — 1073moddalar) va «mualliflik va tur- dosh ququklar to’g’risida»gi O’zR qonuni (1996 y. 30 avg.)da belgilangan. M.h. ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san’at asar- lariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qo’lyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h.k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va ma’lumotlar bazala- ri ham M.h. ob’ekti hisoblanadi. Mu- allif o’z asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida e’tirof etilishi huquqi; asarni o’z ismi, taxallusi yoki anonim tarzda e’lon qilish huquqi; asar daxlsizligiga bo’lgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni e’lon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxo’ri b-n mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallif- ning roziligisiz va mualliflik haqini to’lamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon etmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur etmaydigan bo’lsa, yo’l qo’yiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani ko’rsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar et- kazmaslik va muallifning qonuniy man- faatlarini kamsitmaslik sharti b-n il- miy tadqiqotlarda, ta’lim va o’quv nash- rlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki to’liq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga bo’lgan M.h. u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. M.h. muallifning butun hayoti davomida va vafotidan key- ingi yilning 1 yanv.dan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafoti-dan keyingi M.h. uning merosxo’rlariga tegishli bo’ladi va meros bo’yicha bir shaxsdan 2-shaxsga o’tadi. M.h.ning amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, ya’ni har qanday shaxs mualliflik haqini to’lamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi. M.h. buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. M.h. buzilishi- ning keng tarqalgan turlariga plagi- at (ko’chirmachilik, madaniy o’g’irlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tikla- shi, unga etkazilgan zararlarni to’lashi lozim. M.h.ni buzishga qaratilgan vo- sitalar (asarning kontrafakt nus- xalari) yo’qqilibtashlanadi. M.h. egasi o’ziga tegishli xuquklarni o’z xohishiga ko’ra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Hukuq egasidan boshqa shax- slar M.h.larini faqat huquq egasining roziligi b-n va u bergan vakolatlar do- irasida boshqarishlari mumkin (mas, ishonchnoma orqali). M.h. egalari o’z zimmasiga M.h.larini boshqarish yukla- tiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning o’z asariga nisba- tan mutlaq huquqlari (mulkiy huquklar) tijorat muomalasida harakatda bo’lishi, haq evaziga boshqa shaxslarga to’liq yoki qisman o’tkazilishi, hadya qilinishi mumkin. O’zR Jinoyat kodeksida M.h.ni o’zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javob- garlik belgilangan (yana q. Intellek- tual mulk huquqi). M.h.ni muhofaza etishni tashkiliyhuquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshi- rish uchun O’zbekistonda mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoli- yat ko’rsatadi. Ad.:Toshe’B., Mualliflik huquqi, T., 2002; Nasriev I. Mualliflikhuquqi maz-muni va shaxsiy nomulkiy xuqukdar himoyasi, T., 2003. Omon Oqyulov.