Muammo

Muammo (Arab. — ko’r, ko’r qilingan) — o’zbek mumtoz adabiyotida she’riy janr; poetik san’at turi. Unda biror so’z, ism (yoki bosh harflari), sana va b. yashirib beriladi. Ko’pincha 1 bayt, ba’zan 2 baytdan iborat bo’lib, unda biror so’z yoxud fikr so’z o’yini asosida yashiringan bo’ladi. Agar she’riy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tu- gallangan bo’lsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, she’riy vosita, poetik san’at deb qaraladi. M.ni tuzish (yaratish) va ochish (echish)ning bir necha usullari mavjud. Ko’pincha undagi biror so’z ochqich vazifasini o’taydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, Arab alifbo- si harflarining shakliy ramzlari, AB- jad hisobi va b.ni bilish M. uchun za- rur. O’zbek mumtoz adabiyotida M.chilik zexn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni echa olish qobiliyatiga qarab belgilan- gan. Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy («Hulali mutarraz dar fanni muam- mo va lug’z» — «muammo va lug’z fani to’g’risida bezatilgan ipak kiyimlar»), so’ng Abdurahmon Jomiy («Risolai mu- ammoi Kabir» — «muammo haqida katta risola»; «Risolai muammoi sag’ir» — «Muammo haqida kichik risola»), Alisher Navoiy («Risolai mufradot») va b. M. yozish qoidalari xaqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, bo- burning 600 ga yaqin M.lari etib kelgan. Ad.: Atoulloh Husayniy, Badoyi US- Sanoyi, T., 1981; Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976.