Muazzamxon Mirsaid qizi

Muazzamxon Mirsaid qizi (19- a.ning 2-yarmi, Xo’jand — 1917, jiz- zax) — shoira. M. o’zbek va fors mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijodi b-n chuqur tanishgan, aruz vaznini mukam- mal o’zlashtirgan va har ikkala tilde ham ijod qilgan. M.ning 1000 misra- dan ortiqroq devon tartibida tuzilgan gazallari va singlisi Muattarxon ba- yoziga kirgan she’rlari mavjud. Uning g’azallari uslubning ravonligi, FIK- rning ravshanligi, ifodaning anikligi b-n ajralib turadi. She’rlarida davr, falakdan norozilik sadolari aks etgan («Falakning javridindur ko’nglima ozor har soat…»). Ammo M. «ko’zidan Xu- noba oqib, hijron har tarafdan qilich tortib» kela-yotgan damlarda ham «ma- tonatli» bo’lishga, «sabrtahammul» b-n yashashga da’-vat qilgan.