Mug’qal’a

Mug’qal’a, Qal’ai Mug’ — istehqom qal’a xarobasi (5-6-a.lar). Qum daryosining Zarafshon daryosiga kelib quyilish burchagidagi (Tojiki- ston) tog’cho’qqisi ustiga qurilgan 2 qavatli qasr-qo’rg’on. Bu qurilish undan avvalgi inshoot o’rnida amalga oshiril- gan bo’lishi ehtimol. Chunki, qad. Yunon manbalarida zabt etish mushkul bo’lgan «Sug’d qoyalari» haqida ma’lumotlar uch- raydi. Olimlarning fikricha, M.q. shun- Day istehkom «qoya»lardan biri bo’lgan. O’rta asr yozma manbalarida M.q.ga nis- batan abargar nomi ishlatilgan i ham ma’lum. Bu sug’dcha atamaning ma’nosi «tog’ustidagi» demakdir. M.q.da 1932 y.da tasodifan bir sug’dcha hujjat to- pilishi uning xaroba qoldiklarida arxeologik qazish ishlari boshlani- shiga sabab bo’ldi. 1932-33 y.larda A.V.Vasilev, 1947 y.da V.A. Voronin o’rgangan. M.q.da o’tkazilgan qazishmalar natijasida mustahkam devor b-n o’ralgan ixcham hovli yuzasi hamda qamal holatda yashashga mo’ljallangan xo’jalik va tu- rar joy binolari majmuidan iborat qo’sh qavatli inshoot qoldiklari namoyon bo’ldi. Yuzlab moddiy ashyoviy topilma- lar b-n bir qatorda M.q. xarobalarida Sug’d, qad. turkiy, Xitoy va Arab yozuvla- ri b-n bitilgan 80 ta hujjatdan iborat qad. arxiv qo’lga kiritildi (yana q. Mug’ qal’a hujjatlari). M.q. yozma yodgorli- klarining guvoxdik berishicha, qal’a Arab istilosi davrida (722 y.) vayrona- ga aylantirilgan. M.q.da Panch (ilk o’rta asr Panjikenti) qokimi Devashtich o’z yaqinlari va arkoni davlati b-n qamal qilinib asir olingan, keyinchalik qatl etilgan. Inshoot esa buzib tashlangan. Ad.: Sogdiyskiy Sbornik. Sbornik statey o pamyatnikax sogdiyskogo yazika i kulturi, naydennix na Gore Mug, L., 1934; Sogdiyskie dokumenti s gori Mug, M., 1962— 1963; Ishoqov M ., So’g’diyona tarix chorrahasida, T., 1990; unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.