MUHAMMAD ALI

MUHAMMAD ALI (15-asr) — shoir. G’aribiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Alisher Navoiyning tog’asi. Davrining obro’li xattotlaridan, musiqada e’tiborli kishi bo’lgan. Sozlarni yaxshi chalgan. She’rlarining aksariyati turkiy tilda yozilgan bo’lib, ularda asosan ishq- muhabbat kuylangan.