Muhammad Ali

Muhammad Ali (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmedov Muhammad Ali) (1942.1.3, bo’z tumani) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (1992), Filol. Fanlari nomzodi (1992). Moskvadagi M. Gor- kiy nomidagi adabiyot in-tini tugatgan (1966). «Sharq yulduzi» jur.da adabiy xodim (1966), G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1967), bo’lim mudiri (1982), bosh muharrir (1982-85), O’zbekiston tele- videniesida bosh muharrir (1985— 88), ToshDUda etika va estetika ka-fedrasi mudiri (1994-96), G’afur G’ulom nomida- gi nashriyotda o’zbek adabiyoti tahririyati mudiri (1997-98), xalqaro «Oltin me- ros» xayriya jamg’armasi boshqaruvi ra- isi (1999— 2003). 2003 y.dan xalqaro Amir Temur jamg’armasi raisi. M.A. «Fazodagi xislar» (1967), «sha- FAQ» (1968), «Otalar yurti» (1970), «do- stonlar» (1974), «oq nur» (1977), «Ilhom pariey» (1980), «Sen bir gulsan» (1989), «Ona duosi» (1994) va b. she’riy asar- lar muallifi. «Mashrab» dostonida (1966) Boborahim Mashrabning fojiali hayotini tasvirlagan. «Beshgul» (1986), «Zaminda yashaymiz» (1971), «Muxabbat» (1983) dostonlari zamonaviy mavzular- da yozilgan. O’zbek xalqining 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi hayotini tasvir- lashga bag’ishlangan «boqiy dunyo» (1981) she’riy romanida Jizzax qo’zg’oloni voqealari badiiy lavhalarda aks etti- rilib, Dukchi Eshon obrazi yaratilgan. «Sarbadorlar» (1989) dilogiyasi M. A. ning prozadagi dastlabki asari. «Ulug’saltanat» (1999) tarixiy romanida o’zbek xalqining 14-a.dagi hayoti tasvirlanar- Kan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy o’sib bori- shi, uning xarakteridagi adolatparvar- lik, halollik, mardlik va vatanparvar- lik fazilatlari ko’rsatilgan. M.A.ning davr va tarixning dolzarb masalalari- ga bag’ishlangan publisistik asarlari ham bor («oshiq bo’lmay haq diydorin kursa bo’lmas» 1992; «men ko’rgan Ame- Rika», 2000). Hind eposi «Ramayana»dan parchalar, qoraqalpoq eposi «Shahriyor», R. Berne, G. Tabidze she’riy kitoblari, Bayron, Pushkin, R. Hamzatov va b. asar- larini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Re- spublikasi Davlat mukofoti Laure-ati (1984), «mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (1999). As: Saylanma, T., 1997.