Muhammad Alixon

Muhammad Alixon (taxm. 1803/ 06-1842, Qo’qon) — Qo’qon xoni (1822-41). Umarxon va Nodiranmng o’g’li. Otasi Umarxon vafotidan keyin 17 yoshida taxtga o’tirgan. Hukmronlik davrida xonlik hududini kengaytirish- ga uringan. Jan. Olay tog’etagidagi to- jiklar bo’ysundirilgan. Qorategin bu- tunlay, Darvoz, Shug’non, Roshan, Vohon faqat nomigagina zabt etilgan. 1829 y. Qashqarga yurish qilgan. Uning bu harakatidan foydalangan Qashqar Musul- monlari xitoylarga qarshi bosh ko’targan. Mag’lub bo’lgan uyg’urlardan 70 mingi M. A. b-n birga qaytib, Qo’qon xonligidagi shaharlarga (jumladan, Toshkentga) joy- lashtirilgan. M. A. Qashqarga qilgan qaytaqayta hujumi natijasida Sharqiy Turkiston shaharlaridan boj yig’ish hukuqini olgan. M. A. hukmronligi dav- rida sug’orish ishlari yo’lga qo’yilgan. Toshkent yaqinida Xonariq qazilgan. Toshkent hokimi lashkar qushbegi M. A. ning yaqin maslahatchisi bo’lib qolgan. Rossiya b-n savdo va diplomatik aloqalar yaxshi yo’lga qo’yilgan. 1828 y. Qo’qondan Sankt-Peterburgga elchilar boradi va ular yaxshi kutib olinadi. 1830 y. Qo’qonga Rossiya elchisi Xorunjiy pota- nin keladi. M.A.ning hukmronlik davrida Qo’qon—Buxoro munosabatlari keskin yomonlashadi. Ular orasida bo’lib o’tgan urushlar natijasida Buxoro amiri na- srullaxon Qo’qon qo’shinini tormor qiladi. M.A. o’zini noiloj amirning noibi deb e’tirof qiladi. Oradan ikki yil o’tgach, 1841 y. okt.da Qo’qonda xon Zul- miga qarshi xalq qo’zg’oloni ko’tariladi. M. A. ichkilikbozlik va axloqsizlikka beriladi. Buxoro—Qo’qon o’rtasidagi munosabatlar emonlashuvi va tez-tez takrorlanib turadigan harbiy to’qnashuvlar shunga olib keldiki, M. A. 1841 y. noyab.da ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechadi, shunday bo’lsa ham 1842 y. apr.da Buxoro ami- ri Nasrullaxon Qo’qonni zabt etdi va M.A.Ni, ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodira begimni qatl ettiradi. M. A. g’azallar yozgan, uning buyrug’iga binoan, xattotlar Alisher Navoiy asarlarini miniatyuralar b-n bezatib ko’chirishgan, ko’plab tarixiy asarlar fors va Arab tillaridan o’zbek tiliga tarjima qilingan. M. A. davrida maktab va madrasalar qurilgan (mas, Madalixon madrasasi), Qo’qonning eski o’rdasi ta’- mirlangan. Ad.: Mirzoolim Mushrif, Qo’qon xon- ligi tarixi, T., 1995; Bobobekov H. N., Qo’qon tarixi, T., 1996; Nabiev R. N., Iz istorii Kokandskogo xanstva, T., 1973. Haydarbek Bobobekov.